Bosco Conference O‘zbekistonda ilk bor “InvestPro” konferensiyasini tashkil etmoqda
Tadbir vaqti:
09:00
Ushbu konferensiya dunyo bo‘ylab investorlar, mutaxassislar va yetakchilarni O‘zbekiston iqtisodiyotidagi imkoniyatlarni o‘rganishga taklif etadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning iqtisodiy maydonida asosiy o‘rinni egallar ekan, InvestPro Tashkent 2024 foydali investitsiya imkoniyatlarini kashf etish, biznes tarmoqlarini kengaytirish va turli sohalardagi so‘nggi tendensiyalarni o‘rganish uchun o’ziga xos platforma bo’lishi kutilyapti.
Konferensiyaning asosiy mavzulari: moliya va aktivlar, bank va to‘lov tizimlari, xalqaro ko‘chmas mulk, biznes immigratsiyasi, fintex va blockchain kabilar bo’ladi.
Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi, BAA, MDH, AQSh kabi hududlarda biznesini kengaytirmoqchi bo’lgan ishtirokchilarga xalqaro spikerlar bu jarayonni qanday amalga oshirish borasida ko’rsatmalar beradi
InvestPro Tashkent 2024 da nimalar kutilyapti:
Ekspert sessiyalari: jamoa konferensiya dasturini puxta tayyorlaydi va spikerlarni tanlaydi. Ular dastur mavzusini yoritadi, ishtirokchilarga o‘z fikrlarini bildirib, professional bilimlarini o‘rtoqlashadi.
Eksklyuziv networking: TOP menejerlar, investorlar va mintaqadan tashqaridagi asosiy vakillar bilan qimmatli hamkorliklarni o‘rnatishingiz mumkin. Kompaniya faqat mahalliy delegatlarni emas, balki xalqaro kompaniyalarni ham tadbirga taklif qiladi.
Investitsiya g‘oyalari: O‘zbekistonning tez o‘sishi, soliq imtiyozlari va xalqaro investitsiya uchun tayyor istiqbolli sohalar haqida bilib olasiz. Agar iqtisodiyotning o‘sishiga hissa qo‘shishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Sana: 2024-yil 21-noyabr Joylashuv: InterContinental Tashkent
Ro‘yxatdan o‘tish promo-kodi TEXNO
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: InvestPro Uzbekistan Tashkent 2024.