Binance kompaniyasining yangi bosh direktori Richard Teng kim?
#Binance
2 min read
23/11/23, 12:01
Richard Teng singapurlik tadbirkor va moliya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis.
2021-yil avgust oyida Teng Binancening Singapurdagi bosh direktori etib tayinlangan.
Shu yilning 2021-yil noyabr oyida u Osiyo, Yevropa, yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi operatsiyalar va strategiyani nazorat qilib, binance mintaqaviy bozorlar bo'limi boshlig'i lavozimini egallagan edi.
Tengning birjadagi keyingi rejalari qanday?
Richard Teng o'zining so'nggi bayonotida alohida e'tibor berish kerak bo'lgan uchta asosiy yo'nalishni sanab o'tdi:
1. Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va umumiy xavfsizligini ta'minlash. Foydalanuvchilar ishonchini ustuvor vazifa sifatida belgilab olish.
2.Nazorat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish. Maqsad iste'molchilar uchun zarur himoyani ta'minlab, sohadagi innovatsiyalarni rag'batlantiradigan muvozanatni topish.
3. Web3 yanada rivijlantirish uchun hamkorlar bilan yaqindan ishlash.