Bitcoin bozor qiymati bo’yicha kumushni ortda qoldirdi
Bitcoin
12/03/24, 04:57
Foto: forklog
Bitcoinning bozor qiymati 1,42 trillion dollargacha ko‘tarilib, bozor kapitalizatsiya bo‘yicha kumushni ortda qoldirdi.
MikroStrategy kompaniyasi yana 12 000 ta bitcoin sotib olishini e’lon qilganidan beri bitcoin o‘sishda davom etmoqda. Bozor qiymati bo‘yicha kumushni ortda qoldirib dunyodagi eng yirik sakkizinchi aktivga aylanib oldi.
Companies MarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, Bitcoin yaqin soatlarda 72 000 dollardan o‘tib barcha vaqtlardagi eng yuqori ko‘rsatkichga (ATH) erishdi. Bitkoinning bozor bahosi 1,42 trillion dollargacha o‘sdi. Kumush bozor qiymati esa 1,387 trillion dollar qiymatini tashkil qilmoqda.
Hozirda dunyodagi eng qimmat aktiv oltin bo‘lib, uning bozor kapitalizatsiyasi 14.678 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa hozirgi bitkoin kapitalizatsiyasidan qariybb 10 barobar katta.