top of page

Bitcoin ishlab chiqarish rekord darajada qiyinlashib ketdi

#bitcoin

03/02/24, 07:13

Foto: forklog

Bitcoin qazib olish qiyinligi 75,50 trillionni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi. Ushbu qiyinchilik darajasi qazib oluvchilar uchun Bitcoin ishlab chiqarish tarixidagi eng qiyin davr hisoblanadi.


Mutaxassislar, qazib olish qiyinlashayotganligining asosiy sababi sifatida, tarmoq bloklarini aniqlash vaqtini taxminan 10 daqiqa ushlab turish maqsadida har ikki haftada amalga oshiriladigan tuzatishlarni sabab qilib ko‘rsatmoqda.


Hozirgi qiyinchilik darajasi Bitcoin ishlab chiqaruvchilardan ko‘proq hisoblash kuchi va resurslarini sarflashni talab qiladi. Butun blockchain hamjamiyati orziqib kutayotgan to‘rtinchi HALVING‘dan keyin Bitcoin ishlab chiqarish yana ham keskin kamayib ketishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page