top of page

Bitkoin halving nima?

Maxsus rukn

2 min read

13/10/23, 05:11

Foto: Freepik

Halving (“yarmiga qisqarish”) – blokcheynga yangi blok qo‘shgani uchun maynerlarga to‘lanadigan mukofot miqdorining  har 4 yilda ikki baravar kamayishi. 


Bitcoin tarixida necha marta halving bo`lgan?

Bitcoin tarmog'ida halving 3 marta amalga oshirildi: 2012 yilda bitcoin-maynerlari blokcheynga yangi blok qo'shgani uchun 50 BTC ishlab olishlari mumkin edi.


Birinchi halvingdan keyin ularning mukofoti hajmi 25 BTCga qisqargan bo`lsa, 2016-yil ikkinchi halvingdan so`ng bu miqdor 12,5 BTCga tushgan.


2020 yilda  bitcoin tarmog‘ida uchinchi halving bo‘lib o‘tgan  maynerlarning mukofot miqdori 12,5 BTC dan 6,25 BTC gacha kamaydi. Keyingi halving 2024 yilda bo`lishi kutilmoqda.


Nega halving kerak?

Halvingning asosiy vazifasi kriptovalyuta emissiyasini nazorat qilish va uning inflyatsiyasini jilovlashdan iborat.


2012 yilda birinchi halving sodir bo'lishidan oldin ham, Ethereum yaratuvchisi Vitalik Buterin bitkoinni oltin bilan taqqoslagan:


Dunyodagi oltin zaxiralari cheklangan va har bir gramm qazib olinganda zaxira kamayaveradi. Ushbu cheklangan ta'minot natijasida oltin olti ming yildan ortiq vaqt davomida xalqaro ayirboshlash va jamg'arish vositasi sifatida o'z qiymatini saqlab kelmoqda va bitkoin halvingdan ko'zlangan maqsad ham aynan shu asosga ega.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page