top of page

Bitkoin nima?

Maxsus rukn

2 min read

12/10/23, 11:20

istockphoto

Bitkoin (ingliz tilidan olingan bo‘lib BIT - raqamli maʼlumotning minimal birligi va COIN - tanga) P2P texnologiyasiga ega to‘lov tizimi (P2P -  o‘zaro teng). Uning ishlash prinsipi ochiq maʼlumotlar protokoliga asoslanadi.


Bitkoinni kim ixtiro qilgan?


Bitkoin birinchi marta 2008 yilda "Satoshi Nakamoto" taxallusi ostidagi anonim dasturchi bitkoin tushunchasi va uning blokcheyn deb nomlanuvchi asosiy texnologiyasini ommaga tanishtirdi.


Bu turli guruhlar, jumladan, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari, venchur kapitalistlari, tadbirkorlar va hukumatlarning qiziqishini uyg‘otdi.


Protokoldagi har qanday muhim o‘zgarishlar faqatgina maynerlar va - kompyuter obyektlari egalari uyushmalari roziligi bilangina bo‘ladi, buning natijasida yangi bitkoinlar “tug‘iladi”.


Bitkoinni kim nazorat qiladi?


Bitkoin hech qanday tartibga soluvchi organ yoki markaziy bank ishtirokisiz ishlaydi, koinlar chiqarish va tranzaksiyalarni qayta ishlash tarmoq ishtirokchilari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.


Shunday qilib, hech kim Bitkoinni nazorat qila olmaydi, tranzaksiyani bloklay olmaydi yoki bekor qila olmaydi. Biroq, har kim tarmoqqa qo‘shilishi mumkin.


Bitkoindan qanday foydalanish mumkin?


Bitkoin, bugungi kunda real tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun to‘lov vositasi sifatida ishlatiladi.


Bu pul o‘tkazmalarining arzon va oson yo‘li bo‘lib, jo‘natuvchi va oluvchining bir-biridan qanchalik uzoqda ekani mutlaqo muhim emas.


Bitkoinlar baʼzi ovqatlanish korxonalarida, mehmonxonalarda to‘lash, aviachiptalarni sotib olish, raqamli kontent, veb-sayt hosting va domenlar, o‘quv kurslari, dasturiy taʼminot, yuridik xizmatlar uchun haq to‘lash, online xarid qilish va taksi xizmatlaridan foydalanish uchun ishlatilishi mumkin.


Bitkoin yordamida telefon hisobingizni to‘ldirishga imkon beruvchi maxsus xizmatlar mavjud. Kriptovalyuta omonatlarini taklif qiluvchi online kazinolar soni ortib bormoqda.


Raqamli valyuta qimmatbaho xaridlar uchun ishlatilgan misollarni ham topishingiz mumkin: uylar, avtomobillar va yaxtalar. Shuningdek, ko‘plab foydalanuvchilar bitkoinni uzoq muddatli sarmoya va jozibali savdo aktivi sifatida ko‘rishadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page