top of page

Blokcheyn nima?

Maxsus rukn

3 min read

12/10/23, 11:01

iStock

Blokcheyn - bu barcha uchun ochiq va o‘zgarmas bo‘lgan maʼlumotlar bazasi. Maʼlumotlar bazasining bir xil nusxalarini butun tarmoq bo‘ylab tarqatish orqali  tizimni buzish yoki aldashni qiyinlashtiradi.


Hozirgi vaqtda Blokcheyn asosan kriptovalyutalar sohasida qo‘llanilayotgan bo‘lsada, texnologiya juda keng doiradagi ilovalarga xizmat ko‘rsatish potensialini taklif etadi.


Blokcheyn qanday ishlaydi?


Shifrlash va moliyaviy rag‘batlantirish tufayli blokcheyn markazlashtirilmagan kompyuter tarmog‘i sifatida ishlaydi, unda aʼzolar tizim maqsadga muvofiq ishlashi uchun bir-birlarini bilishlari yoki ishonishlari shart emas.


Bir xil maʼlumotlar tarmoqning har bir tugunida taqsimlangan holda saqlanadi.


Nazariy jihatdan, har qanday maʼlumot blokcheynga yozilishi mumkin - pul operatsiyalaridan tortib jahon adabiyotining to‘liq to‘plamigacha.


Maʼlumotlar blokcheynga kirishi uchun uning haqiqiyligini tekshirish kerak. Buni maynerlar qilishadi.


Tranzaksiyaning haqiqiyligini tekshirgandan so‘ng, ular buni blokka yozadilar, shundan so‘ng u blokcheynda abadiy qoladi va istalgan foydalanuvchi uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.


Blokcheynni qayerda qo‘llash mumkin?


Blokcheyn texnologiyasi deyarli har qanday kriptovalyutada qo‘llaniladi, bu ularning ishlashini taʼminlaydi.


Shuningdek, blokcheyn bank tizimlariga, mulk huquqlarini ro‘yxatga olish tizimlariga va turli taʼminot zanjirini boshqarishga hamda raqamli identifikatsiya, energiya, ovoz berish, o‘yinlar, va internet olamiga faol joriy etilmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page