top of page

CITY PAY GATE O‘zbekistonda kripto-depozitariy va kripto-do‘kon uchun litsenziya oldi

#Citypay

2 daqiqa

24/02/25, 07:09

Foto:ILMA

O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish jarayoni davom etmoqda. “CITY PAY GATE” MCHJ QK mamlakatda kripto-depozitariy va kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya oldi. CityPay.io mijozlarga an'anaviy moliya va raqamli aktivlar sohasi o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish orqali tovarlar va xizmatlar uchun kripto orqali to'lov qilishni osonlashtiradi. Platformaning yirik moliya institutlari bilan hamkorligi ushbu sohada ishonchli vositachi sifatida o'z mavqeini mustahkamlaydi.


🤝Tashkilot shakli qo‘shma korxona bo'lib ta’sischilar:

• 45% - “PAYNET” AJ

• 45% - “UAB City Pay” YoAJ

• 10% - Koberidze David


CityPay.io va Octobank hamkorlikda O‘zbekistonda kripto to‘lov tizimlarini joriy etish ustida ishlayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page