top of page

Germaniyaning uchinchi yirik banki (DZ bank) o'zining blokcheynga asoslangan platformasini ishga tushirdi.

Germaniya

2 min read

06/11/23, 10:02

DZ Bank, aktivlari bo'yicha Germaniyadagi uchinchi yirik bank, o'zining blokcheynda qurilgan raqamli aktivlarni saqlash platformasini ishga tushirdi.


2-noyabrdagi e'longa ko'ra, platforma hozircha faqat institutsional mijozlar bilan ishlaydi va ularga olti oy oldin DZ Bank imzolagan Siemens kripto obligatsiyalari kabi kripto qimmatli qog'ozlarini taklif qiladi.


"Kelgusi o'n yil ichida kapital bozoridagi biznesning katta qismi blokcheyn texnologiyasiga asoslangan infratuzilmalar orqali qayta ishlanishiga ishonamiz.


Biz blokcheynni kapital bozoridagi mavjud infratuzilmani to'ldiruvchi texnologiya sifatida ko'ramiz", deydi bank mutasaddisi.


Bank, shuningdek, institutsional investorlar va xususiy mijozlarga kelajakda Bitkoin kabi kriptovalyutalarni sotib olish imkoniyatini taklif qilishga umid qilmoqda.


Ushbu maqsadga erishish uchun DZ 2023 yil iyun oyida Germaniya federal moliyaviy nazorat idorasida kriptovalyutalarni saqlash uchun litsenziyaga ariza berdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page