top of page

Google kriptovalyutalar bilan bog'liq reklama shartlarini yangiladi.

#google

2 min read

11/12/23, 07:30

Google kriptovalyutalar va ular bilan bog'liq mahsulotlar uchun reklama shartlarini yangiladi.


2024-yil 29-yanvardan kuchga kiradigan yangi qoidalar foydalanuvchilarni chalg'ituvchi va to'liq bo'lmagan ma'lumotlardan himoya qilishga qaratilgan.


E'longa ko'ra, ushbu yangi qoidalar foydalanuvchilarni kriptovalyutalarga potentsial investitsiya xavflaridan himoya qiladi.


Yangi qoidalarda keltirilishicha, reklama beruvchilar bunday mahsulotlarni reklama qilish uchun Googledan maxsus sertifikat olishlari kerak.


Bu esa yanada qat'iy talablarga javob berish kerakligini anglatadi.


Ushbu qoidalar buzilgan taqdirda, Google hisob egalarini chora ko'rishdan kamida 7 kun oldin ogohlantiradi va kerakli tuzatishlar uchun vaqt beradi.


O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page