top of page

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) yana bir kripto do'konga litsenziya berdi

#NAPP

2 daqiqa

13/03/25, 05:17

Foto: Blockchain Texno

Agentlik direktorining 2025-yil 11-martdagi 25-son buyrugʼiga asosan '' Asterium'' MChJ O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi o‘n birinchi kripto-do‘kon sifatida litsenziya oldi. Bu haqida agentlik matbuot xizmati xabar qildi.


Asterium MChJ yagona ta'sischisi - Mahmudov Sanjar Yo'ldashevich hisoblanadi.


Kompaniya yuridik shaxs sifatida 2025-yil 30-yanvar sanasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa ham, ustav kapitali - 30 mlrd so'mga yetadi.


MChJ ijro organi rahbari sifatida Sultonov Komilxo‘ja Abdukarim o‘g‘li tayinlangan.


Avvalroq, agentlik “City Pay Gate” qo‘shma korxonasiga kripto-depozitariy va o‘ninchi kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya bergan edi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda kripto aktivlar aylanmasi sohasida kripto do'kon sifatida faoliyat yuritishda yuridik shaxslar — BHMning 3 700 baravari (1,387 mlrd so‘m) miqdorida litsenziya to'lovi undiriladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page