Korporatsiyalar qaysi altkoinlarga sarmoya kiritmoqda?
altkoin
11/03/24, 13:28
Foto: europeanbusinessreview
Bitcoin (BTC) narxi rekord darajada bo‘lishda davom etayotgan bir vaqtda o‘tgan hafta institutsional kriptovalyuta fondlariga 2,63 milliard dollar miqdorida mablag‘lar kirib kelgan.
Coinshares rasmiy sahifasida tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, institutsional kriptovalyuta fondlari bu kirib kelgan sof oqim bilan rekord o‘rnatgan.
Oldingi haftalarda bo‘lgani kabi, Bitcoin (BTC) korporativ kriptovalyuta fondlarida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘tgan yili eng ko‘p pul tushumini olgan altkoin Solana (SOL) dan aktivlarning chiqishi nihoyasiga etgan bo‘lsa-da, institutsional investorlar yana sotib olishni boshladilar. Korporatsiyalar, shuningdek, Cardano (ADA), Litecoin (LTC) va Polkadot (DOT) tokenlarini olishni boshladi.
Korporatsiyalar Solana’ga o‘tgan haftada 23,6 million dollar, Polkadot’ga 2,7 million dollar, Fantom’ga 2 million dollar, Chainlink’ga 2 million dollar, Uniswap’ga 1,6 million dollar va Ripple’ga esa 2,7 million dollar investitsiyaya kiritgan.