top of page

Kripto-aktivlarda buqa bozori uchun eng muhim hodisa nima ekanligi ma’lum bo‘ldi

Kripto-aktiv

09/04/24, 08:51

Foto: europeanbusinessreview

Stabilkoinlar - asosan bir fiat valyutaga bog‘langan, belgilangan narxga ega raqamli aktivlardir Ular  raqamli aktivlar dunyosi bilan an’anaviy (fiat) valyutalarni bog‘laydigan va savdo uchun likvidlikni ta’minlaydigan infratuzilmaning asosiy qismi.


10x Research nashri ta’kidlashicha, USDT va USDC etakchi stabilkoinlarining kapitallashuvi so‘nggi 30 kun ichida 10 milliard dollarga o‘sdi, bu bir vaqtning o‘zida bitcoin ETF-lariga tushgan sof mablag‘dan ikki baravar ko‘p.


Tether’s USDT va Circle’s USDC - ikkita eng yirik stabilkoinlar - so‘nggi 30 kun ichida birgalikda qariyb 10 milliard dollarga kapitallashuvi o‘sgan. Ulardan keyingi eng yirik kriptovalyutalar DAI va FUSDT ham kapitallashuvi sezilarli o‘sishga erishgan. Bu esa kripto bozoriga yangi ishtirokchilar qo‘shilayotganligini anglatadi.


Spot bitcoin ETFlarga esa so‘nggi 30 kun ichida 5 milliard dollarlik pul oqimi kirib keldi.


Eng yirik stabilecoinlar kapitallashuvi o‘sganligi Bitcoin Spot ETF rivojlanishidan ko‘ra buqa bozori kirib kelishiga yaxshiroq signal bo‘lishi mumkin. Chunki, Stabilecoinlar kipto bozori ahvoli haqida yaxshiroq xabar beradigan, kripto bozorini ATH (All Time High) olib chiqadigan aktiv hisoblanadi.


Investorlar stabilecoinlar barqarorligiga ishonsa va ular orqali kriptovalyutalarga investitsiya kiritsa nafaqat bitcoin balki boshqa alcoinlarga ham jon kiradi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page