top of page

Kriptovalyuta kompaniyasi Bolgariyadan 3 milliard dollar tovon talab qilmoqda

24/01/24, 18:16

Foto: Cointelegraph

Kriptovalyuta kreditor kompaniyasi Nexo Bolgariyadan 3 milliard dollar tovon olish uchun sudga murojaat qildi.


Nexo Bolgariya xukumatini "noqonuniy ravishda bosim ko'rsatish, siyosiy sabablarga ko‘ra harakat qilish va adolatsiz jinoiy tergov o‘tkazishda" ayblamoqda.


O‘tgan oy Bolgariya prokuraturasi dalil yo‘qligi sababli kompaniya jinoyatdan olingan daromadlarni yuvganligi haqidagi da’volar tufayli Nexo‘ga nisbatan tergov jarayonini tugatgan edi.


Nexo‘ning ta’kidlashicha, tergov kompaniya obro‘yiga putur yetkazgan va ba’zi rejalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.


Kompaniya kompensatsiya olish uchun Investitsiya nizolarini hal qilish xalqaro markaziga murojaat qilgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page