top of page

Malayziyada noqonuniy mayning faoliyati tufayli 755 million dollar qiymatidagi elektr energiyasi yo‘qotildi

#bitcoin

16/07/24, 07:03

Foto: Cointelegraph

Malayziyaning elektr tarmog‘i kompaniyalari xususan Tenaga Nasional Berhad 2018-yildan beri kripto-aktivlarni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tufayli 755 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotdi. Bu miqdordagi elektr Malayziya energetika sektoriga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.


Malayziya hukumati shu kungacha qiymati 500 ming dollarga yaqin bo‘lgan elektr jihozlari, jumladan, 349 ta Bitcoin qazib olish qurilmalarini musodara qilgan.


Agar noquniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ko‘payadigan bo‘lsa, Malaziya hukumati yanada kuchliroq imperativ moddalar belgilashga, jinoiy javobgarlikda sanksiyalarni kuchaytirishga majbur bo‘lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page