top of page

MicroStrategy Bitcoinga yana katta miqdorda sarmoya kiritdi

MicroStrategy

26/02/24, 13:42

Foto: Cointelegraph

MicroStrategy asoschisi Maykl Saylor tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, kompaniya o‘rtacha narxi 51 813 dollardan, taxminan 155 million dollarlik 3 ming dona Bitcoin sotib oldi.


Eng so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, MicroStrategy o‘z zaxiralarida jami 193 ming dona Bitcoin saqlamoqda.


Saylor tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, MicroStrategy zaxirasidagi Bitcoin’larining o‘rtacha narxi 31 544 dollarni tashkil qiladi.


Ma’lumot uchun, MicroStrategy 2020-yildan boshlab Bitcoin’ga sarmoya kiritishni boshlagan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page