top of page

NAPP va Tether kompaniyasi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi

#tether

2 min

07/03/24, 10:52

Foto: Tether X sahifasi

Hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish,


shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda hamkorlik qiladi, deb xabar berdi NAPP matbuot xizmati.


Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida


O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.


Tether stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish hamda raqamli moliya sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.


Kompaniyaning USDT tokeni barqaror tokenlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, xalqaro kripto-birjalarda kapitallashuv va aylanma bo‘yicha eng yaxshi uchta kripto-aktivlar qatoriga kiradi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page