Nima uchun Raydium tokeni narxi tushib ketmoqda?
#raydium
2 daqiqa
25/02/25, 07:44

Foto: Blockchain Texno
Raydium (RAY) Solana blockchaini ustida qurilgan eng yirik markazlashmagan birja (DEX) hisoblanadi.
Birjaning RAY tokeni qiymati keskin tushib ketdi - narxi 33.27% ga pasayib, $4.27 dan $2.85 gacha tushdi.
Hozirda narx 3 dollar atrofida savdo qilinmoqda.
RAY tokeni qulashiga asosiy sabab unga Solana blockchainida raqabotchi paydo bo'lganligi haqida xabarlar bo'ldi.
Yana bir Solana tarmog'ida ishlaydigan asosan token chiqarish platformasi Pump.fun smart kontraktlar orqali DEX'lar taqdim qiladigan Automated Market Maker (AMM) tizimi beta sinovlarini o'tkazayotganlikni e'lon qildi.
Ya'ni oldinlari faqat yangi tokenlar yaratish va chiqarish uchun platforma bo'lgan Pump.fun Solana tarmog'ida Raydiumga o'xshagan DEX birja bo'lmoqchi.
Solana tarmog'i esa past komissiyali blockchain bo'lib, uni ustiga qurilgan DEX'lar investorlar uchun jozibador bozor.