top of page

O‘zbekistonda kripto-aktiv egasining qanday huquq va majburiyatlari mavjud?

Kriptopediya

01/05/24, 08:00

Foto:Coingape

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining  3397-raqam ostida ro‘yxatga olingan buyrug‘iga asosan Kripto-aktiv egasi kripto-aktivlarni erkin  tasarruf etishi ya’ni o‘zlariga tegishli kripto-aktivning  yuridik oqibati belgilashi mumkin. Faqat kripto-aktivni terrorizmni moliyalashtirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda tasarruf etmasliklari darkor.


Kripto-aktiv egalari kripto-aktivlarni, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, sotish, o‘tkazish va (yoki) ayirboshlashlari mumkin.


Shuningdek, kripto-depozitariydan o‘zlariga  tegishli doirada va hajmda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida axborot so‘rashga haqlidirlar.


Kripto-aktiv egalari shuningdek quyidagi majburiyatlarni bajaradilar;


Kripto-aktivlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan talablar va shartlarni bajarishlari,

emitent tomonidan chiqarilgan jami kripto-aktivlarning 35 yoki undan ortiq foizini sotib olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishlari darkor.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page