top of page

O'zbeklardan millionlarni o'g'irlayotgan soxta treyderlar

Kriptopediya

4 min read

16/08/24, 07:08

Foto: Blockchain Texno

Har 4 yilda bozorda o’ziga xos o’suvchi sikl yuzaga keladi ana shunday payt har xil yangidan yangi kripto loyihlar paydo bo’ladi qarabsizki bu industriyadagi haypga asoslangan loyihalarning media shovqini bu sohadan mutlaqo yiroq odamlarni ham chetlab o’tmaydi.


Lekin bugun biz gaplashadigan mavzu hali kriptosfera yoki umuman treyding sohasiga kirib ulgurmasdanoq firibgarlarga aldanib qolayotgan O’zbekistonliklar haqida.


“ Instagram ijtimoiy tarmog’ida treydingga oid reklamaga qiziqish bildirgan edim. Menga allaqanday firmadan qo’ng’iroq qilishdi treyding bilan shug’ullanmoqchi bo’lib so’rov yuborganimni aytishdi. Haftalab davom etgan telefon suhbatlaridan keyin ularga invistetsiya uchun pul o’tkazib berdim. Menga moliyaviy maslahatchi biriktirishdi u bilan binoyidek ishlayotgandim oradan vaqt o’tib to’satdan pulim platformada ko’rinmay qoldi “moliyaviy maslahatchim” esa har gal har xil raqamdan qo’ng’iroq qilib, o’z xatoyim bilan pul yo’qotganimni aytib, yana investitsiya qilishga undardi. Biroq pulimni firibgarlarga berib qo’yganimni tushunib yetgandim hamki endi turli raqamlardan go’yoki “yuristlar” yo’qotilgan mablag’larimni tiklab berish va’dasi bilan menga yuridik xizmatlar taklif qilib, uning uchun ham to’lov qilishim kerakligini aytishyapti. Rad etsam hatto dag’-dag’a qilishgacha borishdi”-deydi firibgarlik qurboni bo’lgan Nigora.


Maqsad bitta bo’lgani bilan biz murojaatlarni o’rganish chog’ida rang barang keyslarga guvoh bo’ldik. Bularning ko’pchiligi telegram ijtimoiy tarmog’ida sodir bo’ladi. Ba’zilari ixtiyoriy biror kripto-aktivingni bir manzildan boshqasiga o’tkazganing uchun 3% keshbek olasan deyishsa ba’zilari hech qanday savdo haqida gapirmay birjada pul yutdingiz, faqat bu yutuqni yechib olishingiz uchun sug’urta to’lovini qilasiz, komissiya to’laysiz, qonuniylashtirish uchun yana to’lov qilasiz kabi vaajlar bilan davom etaveradi .


Heemera yuridik firmasi asoschisi Sherzod Abdulkasimovga ko’ra, bugungacha firibgarlar har bir jabrlanuvchi fuqaromizdan o’rtacha hisobda 100-120 ming dollar miqdoridagi mablag’larni o’zlashtirgan. Ular asosan rus tilida muloqot qilishadi ammo nutqidan payqash mumkinki bu kimsalar MDH mamalakatlaridan birida.


Murojaatlar ko’p lekin hamma ham uni kamera qarshisida aytib bera olmaydi. Chunki bu jarajonda kishi nafaqat moddiy yo’qotish bilan balki aldanib qolishdek hissiy zarba bilan ham yuzlashadi.


Afsuski yurtdoshlarimiz orasida bu holatga tushganlar bir necha yuz emas, ming emas 10 minglab ekani tayin. Ularning hammasi ham ishonuvchanligidan aldanib qolmagan aytaylik firibgardan shaxsini ochiqlashga doir savollar so’ragan ham biroq ular mohirona yondashib soxta sertifikat u litsenziyadan tortib soxta passportlar rasmini ham yasab yuborgan.


Ba’zida insonlar oldiga 100 ta haqiqat bilan bitta o’zlari ishonishni xohlaydigan yolg’on ko’ndalang qo’yilsa ular o’sha bitta yolg’on ortidan ketadi. Bu esa mavjud muammo osonlikcha yechim topmasligini ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page