top of page

Quluflangan tokenlarni ochilishi nimani anglatadi?

Kriptopediya

07/05/24, 09:25

Foto: bunyaminince

Token qulfini ochilishi aslida ilgari qulflangan yoki cheklangan tokenlarning bozorga chiqarilishini anglatadi.


Odatda qulflangan kripto-aktivlar loyiha jamoasi va investorlar tomonidan kelishilgan holda ushbu sxema asosida o‘zlarini loyihalarini boshlashadi. Kripto loyiha jamoa o‘zlarini kripto-aktivlarini turli usullar masalan airdrop, miting qilib tarqatishganida siz egalik qilayotgan kripto-aktiv ma’lum muddat o‘tgandan so‘nggina sotishingizga ruxsat berishadi.


Kripto loyiha egalari kripto-aktivni qachon sotilishiga cheklovlar o‘rnatishlariga bir necha sabablar mavjud.


Birinchidan, tokenlarni bosqichma-bosqich chiqarish orqali loyiha tokenlarning bozorga kirib kelish orqali, airdrop natijasida qo‘lga kiritilgan kripto-aktivning ko‘plab investorlar tomonidan birdaniga sotishlari orqali narxni keskin tushun ketishini oldini olishadi. Agar tokenning umumiy ta’minoti bo‘lib-bo‘lib sotishga imkon berilsa, ushbu kripto token iloji boricha barqaror narxni ushlab qolishi mumkin.


Kripto-aktivlar ICO (Initial Coin offering) dan so‘ng ko‘plab investorlar tomonidan qiziqish bildirilmasa ham ularni airdrop yoki presele orqali olgan investor uchun u ortiq qiziq bo‘lmay qolishi mumkin.


Ma’lum bir miqdordagi aktivni vaqti vaqti bilan sotish huquqini berish, investorni ko‘proq vaqt ushbu loyihaga qiziqishga ushbu loyiha kelajagi haqida qayg‘urishga majbur qiladi.


Qulflangan kripto-aktivlarni ochilishi odatda ushbu token qaysi blockchainda qurilgan bo‘lsa o‘sha blockchaindagi aqlli shartnomalarga bog‘lab qo‘yiladi. Unda  oldindan belgilangan qoidalar asosida belgilangan vaqt oralig‘ida yoki ma’lum bosqichlarga erishilganda tokenlarni avtomatik ravishda chiqarish uchun aqlli shartnomalar ichida kodlanadi.  Tokenlarni qulfdan ochishda inson omilidan ko‘ra ko‘proq tizimga - aqlli shartnomalarga asoslantirib qo‘yish shaffoflikni oshiradi.


Qulflangan tokenlar bir yil yoki ikki yil kabi ma’lum bir vaqt oralig‘ida  qismlarga bo‘lingan holda  ochiladi. Shuningdek,  token qulfini ochish kripto loyihani ishga tushirish yoki foydalanuvchilarning ma’lum soniga erishish kabi omillarga ham bog‘lab qo‘yish mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page