top of page

Starbucks Koreyada yangi NFT loyihasini e'lon qildi.

#NFT

3 min read

16/01/24, 10:43

Foto: Starbucks

"STARBUCKS STAR LIGHT" NFT loyihasi mijozlarni shaxsiy stakanlardan foydalangani uchun mukofotlaydi.


Bugun Koreya Starbucks kompaniyasi o'zining NFT (Non-Fungible Token) loyihasini ishga tushirganini e'lon qildi.


Bu mijozlarni shaxsiy stakanlardan foydalanishni kundalik hayotlariga kiritishga undaydi.


Mukofot sifatida esa cheklangan miqdorda chiqarilgan NFTlarni beradi.


Yetarlicha eko shtamplar yig'ilgach ularni NFT markalariga almashtirish mumkin.


Mijozlar kuniga ko'pi bilan uchta eko marka to'plashlari mumkin. NFTlarning uchta darajasi mavjud.


“BASIC NFT” darajasida mijozlar bitta NFTni beshta Eko markaga sotib olishlari mumkin.


15 ta eko shtamplarni to'plash jami 20 000 nusxada chiqarilgan "CREATIVE NFT" ga yo'l ochsa,


20 ta Eko shtamp to‘plash 1000 nusxa bilan cheklangan “ARTIST NFT” larga egalik qilish imkonini beradi.


NFTlar Koreyaning eng yirik raqamli art platformasi "Print Bakery" bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page