Toshkentda Crypto Week Uzbekistan 2025 - mintaqadagi eng yirik kripto forumga start berildi
#CryptoweekUzbekistan
5 daqiqa
16/04/25, 14:02

Foto: Blockchain Texno
Bugun, 16-aprel kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng yirik kripto va fintech forumi — Crypto Week Uzbekistan 2025 o‘z ishini boshladi. Yoshlar Ijod Saroyida start olgan tadbir to‘rt kun davom etadi va kriptoaktivlar, blokcheyn texnologiyalari hamda raqamli moliya sohasidagi global va mintaqaviy tendensiyalarni muhokama qilish uchun yuzlab ishtirokchilarni birlashtiradi.
Forumda 250 dan ortiq ishtirokchi, jumladan xalqaro kompaniyalar, investorlar, regulyatorlar, startap asoschilari va taniqli kripto-treyderlar qatnashmoqda. Dasturdan 20 dan ortiq sessiya va panel muhokamalar, startap tanlovi, B2B va B2G uchrashuvlar, ko‘rgazmalar va keng qamrovli networking tadbirlari o‘rin olgan. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP) ko‘magida, PraeLegal Uzbekistan, Heemera, Asterium va Yoko Digital kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan.
Forumda o‘tkazilgan ilk panel sessiyada “Blokcheyn va kriptoaktivlarni tartibga solishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusi muhokama qilindi. Unda NAPP vakili Asqarjon Zakirov, PraeLegal Uzbekistan raisi Sherzod Abdulkasimov, Heemera asoschilaridan Artem Klimenko va Uznex kripto-birjasi vakili Vadim Li ishtirok etdi.
Panel davomida Asqarjon Zakirov O‘zbekistonda kripto bozorini yagona regulyator — NAPP tomonidan boshqarilishi tartibga solish jarayonlarini soddalashtirayotganini ta’kidladi. "Ko‘plab davlatlarda bir nechta idoralar aralashuvi tartibsizlik keltirib chiqarsa, bizda bitta mas’uliyatli organ mavjud. Bu – yutuq", – dedi u.
Forumda ishtirok etayotgan yirik xalqaro kompaniyalar vakillari ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Lockton Finance vakili Denis Shipilov tokenizatsiyaning global kripto industriyadagi o‘rnini sharhladi. CityPay.io asoschisi Arnold Grizov esa kriptoaktivlarni fintech tizimlariga integratsiya qilish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi.
Kun davomida forumda dunyodagi eng yirik kripto-birja hisoblangan Binance vakillarining chiqishlari ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, Binance kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Kirill Xomyakov onlayn taqdimot o‘tkazib, O‘zbekiston va mintaqadagi kripto bozorining rivojlanish tendensiyalari haqida so‘zladi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kripto faolligi bo‘yicha yetakchi o‘rinda bormoqda – global kripto-adopsiya indeksida mamlakat 33-o‘rinni egallagan bo‘lib, aholisining 1,5 foizdan ortig‘i raqamli aktivlardan foydalanmoqda.
FinHarbor kompaniyasi an’anaviy bank tizimi va kripto-aktivlar o‘rtasidagi integratsiya bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi. Asterium kompaniyasi vakili Azamat Turganbayev esa regulyator, foydalanuvchi va biznes o‘rtasida qanday uzviy hamkorlik bo‘lishi mumkinligi haqida muhim fikrlar bildirdi.
Kripto ixlosmandlari uchun ochiq kun
Crypto Week Uzbekistan 2025 dasturi soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan qator yopiq sessiyalar bilan birga, oddiy kripto ixlosmandlari uchun ham noyob imkoniyat yaratmoqda. 19-aprel, shanba kuni – forumning so‘nggi kunida – forum eshiklari barchaga ochiq bo‘ladi. Shu kuni kripto savdosiga (trading) doir sessiyalar hamda yosh tadbirkorlar uchun startaplar tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Barcha qiziquvchilar ushbu ochiq sessiyalarda bepul ishtirok etishlari mumkin. Tashkilotchilar ushbu ochiq kun orqali kripto ekotizimiga qiziqqan keng jamoatchilikka eng so‘nggi tendensiyalar va bilimlarni ulashishni, shuningdek, kripto hamjamiyatining yangi a’zolarini jalb etishni maqsad qilishgan.
Crypto Week Uzbekistan 2025 forumi hali davom etmoqda. 17–18-aprel kunlari ham blokcheyn texnologiyalariga doir turli mavzulardagi muhokamalar, maxsus treninglar va mutaxassislar ishtirokida yopiq sessiyalar bo‘lib o‘tadi. Yakuniy, ochiq kun esa mamlakatimizdagi barcha kripto ishqibozlarini bir maydonda jamlab, ularga o‘z bilim va tajribalarini boyitish, soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi.
В Ташкенте стартовал крупнейший криптофорум региона — Crypto Week Uzbekistan 2025
Сегодня, 16 апреля, в Ташкенте начал свою работу крупнейший в Центр альной Азии форум в сфере криптовалют и финтеха — Crypto Week Uzbekistan 2025. Мероприятие проходит во Дворце творчества молодежи и продлится четыре дня. Форум объединяет сотни участников для обсуждения глобальных и региональных тенденций в области криптоактивов, блокчейн-технологий и цифровых финансов.
В форуме принимают участие более 250 представителей, включая международные компании, инвесторов, регуляторов, основателей стартапов и известных криптотрейдеров. В программе более 20 сессий и панельных обсуждений, конкурс стартапов, встречи формата B2B и B2G, выставки и масштабные нетворкинг-мероприятия. Форум организован при поддержке Национального агентства перспективных проектов Республики Узбекистан (NAPP) в сотрудничестве с компаниями PraeLegal Uzbekistan, Heemera, Asterium и Yoko Digital.
На первой панельной сессии форума обсуждалась тема: «Современные подходы к регулированию блокчейна и криптоактивов». В обсуждении приняли участие представитель NAPP Асқаржон Закиров, председатель PraeLegal Uzbekistan Шерзод Абдулкасымов, сооснователь Heemera Артём Клименко и представитель криптобиржи Uznex Вадим Ли.
Асқаржон Закиров подчеркнул, что в Узбекистане регулирование крипторынка осуществляется единственным органом — NAPP, что упрощает процесс:«Во многих странах вмешательство нескольких ведомств приводит к хаосу, а у нас есть один ответственный орган. Это — достижение», — отметил он.
Представители крупных международных компаний также поделились своим опытом. Представитель Lockton Finance Денис Шипилов рассказал о роли токенизации в развитии глобальной криптоиндустрии. Основатель CityPay.io Арнольд Гризов представил инновационные подходы по интеграции криптоактивов в финтех-системы.
В течение дня также состоялись выступления представителей крупнейшей в мире криптобиржи — Binance. В частности, региональный директор Binance по Центральной Азии Кирилл Хомяков провёл онлайн-презентацию, в ходе которой рассказал о тенденциях развития крипторынка в Узбекистане и регионе. По его словам, Узбекистан занимает лидирующую позицию в Центральной Азии по уровню криптоактивности — в глобальном индексе криптоадопции страна занимает 33-е место, и более 1,5% населения пользуются цифровыми активами.
Компания FinHarbor поделилась опытом интеграции традиционного банковского сектора и криптоактивов, а представитель компании Asterium Азамат Турганбаев озвучил важные идеи по налаживанию гармоничного взаимодействия между регулятором, пользователями и бизнесом.
день для криптоэнтузиастов
Программа Crypto Week Uzbekistan 2025 включает не только закрытые сессии для специалистов, но и уникальные возможности для широкой аудитории криптоэнтузиастов. В субботу, 19 апреля — в заключительный день форума — двери мероприятия будут открыты для всех. В этот день запланированы сессии, посвящённые криптотрейдингу, а также конкурс стартапов для молодых предпринимателей. Все желающие смогут бесплатно принять участие в открытых мероприятиях.
Организаторы надеются, что открытый день поможет поделиться последними знаниями и трендами с широкой публикой, а также привлечь новых участников в криптоэкосистему.
Crypto Week Uzbekistan 2025 продолжается. В течение 17–18 апреля состоятся тематические обсуждения, практические тренинги и зак рытые сессии с участием экспертов.
Финальный день форума станет площадкой для всех криптолюбителей страны, предоставив возможность обогатить свои знания и пообщаться с профессионалами индустрии.
Crypto Week Uzbekistan 2025 — the region’s largest crypto forum begins in Tashkent
Today, on April 16, the largest crypto and fintech forum in Central Asia — Crypto Week Uzbekistan 2025 — officially kicked off in Tashkent. The event, hosted at the Palace of Youth Creativity, will run for four days and bring together hundreds of participants to discuss global and regional trends in crypto assets, blockchain technologies, and digital finance.
More than 250 participants are attending the forum, including representatives of international companies, investors, regulators, startup founders, and well-known crypto traders. The agenda features over 20 sessions and panel discussions, a startup competition, B2B and B2G meetings, exhibitions, and extensive networking activities. The event is organized with the support of the National Agency for Perspective Projects (NAPP) of the Republic of Uzbekistan, in collaboration with PraeLegal Uzbekistan, Heemera, Asterium, and Yoko Digital.
The opening panel session focused on “Modern Approaches to Blockchain and Crypto Asset Regulation.” Speakers included Asqarjon Zakirov (NAPP), Sherzod Abdulkasimov (Chairman of PraeLegal Uzbekistan), Artem Klimenko (Co-founder of Heemera), and Vadim Li (Representative of Uznex crypto exchange).
During the discussion, Asqarjon Zakirov emphasized that Uzbekistan’s crypto market is regulated by a single authority — NAPP, which simplifies oversight:“In many countries, multiple agencies cause disorder in regulation, while we have one responsible body. That is an achievement,” he noted.
Representatives of leading international companies also shared their insights. Denis Shipilov from Lockton Finance highlighted the role of tokenization in the global crypto industry, while Arnold Grizov, founder of CityPay.io, presented innovative approaches to integrating crypto assets into fintech systems.
The forum also featured speeches from representatives of the world’s largest crypto exchange — Binance. Kirill Khomyakov, Binance's Regional Director for Central Asia, delivered an online presentation discussing the development trends of Uzbekistan's crypto market. According to him, Uzbekistan is leading the Central Asian region in crypto activity — ranking 33rd globally in the crypto adoption index, with over 1.5% of the population using digital assets.
FinHarbor shared its experience on integrating traditional banking systems with crypto, while Azamat Turganbayev from Asterium discussed how regulators, users, and businesses can build a seamless collaborative environment.
Day for Crypto Enthusiasts
In addition to closed sessions for industry professionals, Crypto Week Uzbekistan 2025 also offers a unique opportunity for the broader crypto community. On Saturday, April 19 — the final day of the forum — the event will be open to everyone. On this day, sessions on crypto trading and a startup competition for young entrepreneurs are planned. All interested individuals can attend these open sessions free of charge.
Organizers hope that this open day will help share the latest trends and knowledge with the general public and attract new members to the crypto ecosystem.
Crypto Week Uzbekistan 2025 is still underway. On April 17–18, the forum will continue with in-depth discussions, hands-on training, and closed sessions featuring industry experts. The final open day will bring together crypto enthusiasts from across the country, giving them a valuable opportunity to enhance their knowledge and connect directly with leading professionals.