top of page

Toshkentda FinTech & Crypto Week 2025 forumi bo‘lib o‘tadi

#CryptoweekUzbekistan

2 daqiqa

17/03/25, 11:43

Foto: NAPP

16-19 aprel, Toshkentda FinTech & Crypto Week 2025 – mintaqadagi eng yirik fintech va kripto-forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir fintech, blokcheyn, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalaridagi yetakchilar, davlat vakillari, investorlar va startaplarni birlashtiradi.


FinTech & Crypto Week 2025 Forumida:

- Fintech va raqamli to‘lovlarning kelajagi

- Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish

- Blokcheyn va kriptoaktivlar reglamenti

- Kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikning oldini olish

- Investitsiya imkoniyatlari va startaplar taqdimotlari muhokama qilinadi.


Tashkilotchilar:

Forum NAPP, Axioma School, PraeLegal Uzbekistan va Heemera hamkorligida o‘tkaziladi.


Tadbir dasturi:

16 aprel – Forumning rasmiy ochilishi, asosiy sessiyalar (InterContinental Tashkent – IHG)

17 aprel – Kripto-tadqiqotlar va mintaqaviy regulyatsiya

18 aprel – Blokcheyn va kriptovalyuta nizolari (TIAC bilan hamkorlikda)

19 aprel – Kriptoiqtisodiyotda ta’lim va treyderlarning roli va startuplar tanlovi


Manzil:

16 aprel – InterContinental Tashkent – IHG

17-19 aprel – Yoshlar ijod saroyi


Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://fintech-360.com/fintechandcrypto


📩 Hamkorlik va homiylik uchun:

contact@fintech-360.com

events@praelegal.uz

events@heemera.com

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page