top of page

Tramp agar qayta saylansa kriptovalyutalarga qarshi ijobiy pozitsiyada bo‘lishini aytdi

#crypto

12/03/24, 09:23

foto:coingecko

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar u yana prezident sifatida saylansa, uning ma’muriyati kriptovalyuta bo‘yicha ijobiy pozitsiyani egallashini aytdi. U 11-mart kuni chop etilgan CNBC telekanaliga bergan intervyusida Bitcoin va kriptovalyutalar haqida gapirdi.


AQSh sobiq prezidenti “Bu o‘z hayotini oldi. Ba’zida men o‘yin-kulgi uchun mayda-chuyda ishlarni qilaman va bilasizmi, bu bilan pul ishlayman", dedi.


Tramp lavozimida bo‘lganida kriptovalyutaga shubha bilan qaragan, biroq bu yil boshida uning munosabati o‘zgarganiga ishora qildi. Tramp prezidentlik davrida kriptovalyutalarni firibgarlik deb atagandi.


Tump shuningdek, “Agar siz o‘ylab ko‘rsangiz, bu oddiy valyutaning boshqacha  shakli. Kriptovalyutalar xavfli investitsiya vositasi bo‘lgan valyutalar.  Bitcoinmi yoki boshqa kriptovalyutalarmi men ularni shunday deb atayman,* deya qo‘shimcha qildi.


Trump prezidentlik saylovi oldidan o‘zining tashviqot kompaniyasini moliyalashtirishda 1000 ta alohida markali krossovka chiqardan. Bu krossovkalarning ba’zilariga Trumpning imzosi tushirilgan bo‘ladi. Ushbu krossovkalar uchun to‘lov ham kriptovalyutalar orqali bo‘lyapti.


Shuni o‘zi, Trumpni kriptovalyuta sanoati kelajagi uchun ijobiy pozitsiyada ekanligini anglatadi. Trump tomonidan saylovoldi tashviqotida berilayotgan va’dalar faqatgina va’da bo‘lib qolmasligini umid qilamiz.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page