top of page

UZNEX birjasida depozit qilishda belgilangan komissiya qancha va tranzaksiyalar necha kunda tasdiqlanadi?

UZNEX

07/05/24, 13:08

Foto: Spot

“UZNEX” birjasi orqali depozit qilishda belgilangan komissiyalar quyidagicha;


  • agar siz UZCARD orqali hisobingizga so‘m depozit qilsangiz 0.7%,

  • agar HUMO kartasi orqali so‘m depozit qilsangiz 0.5% komissiya to‘lashingiz kerak bo‘ladi.


Yechib olish jarayonida esa birjadan chiqarayotgan summangizning 0.5% va qo‘shimcha 1 000 so‘m miqdorida komissiya to‘lashingiz kerak bo‘ladi.


Minimal pul to‘ldirish va pul chiqarish summasi 10 000 so‘mni tashkil qiladi.


Kripto-aktivlar masalan, BTC, USDT orqali depozit qilishda komissiyani yuborayotgan kripto-hamyoningiz yoki boshqa birjada hisobingiz orqali to‘lashingiz hisobiga ikki tomonlama komissiya tortish amaliyoti mavjud emas.


Lekin, ba’zan tranzaksiyalarni tasdiqlash jarayoni ayniqsa, ETH va USDT kripto-aktivlarida 12 kungacha borishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page