top of page

Xitoy hukumatining yangi pul-kredit siyosati Bitcoin narxiga xavf tug‘dirishi mumkin

#bitcoin

23/01/24, 14:22

Foto: koinbulteni

Reuters nashrining xabar berishicha, Xitoy davlat banklari yuanni qo‘llab-quvvatlash uchun xorijdagi yuan bozori uchun likvidini kuchaytira boshladi.


Ushbu harakat bilan chet el yuan likvidligi bozorlarining asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan CNH Gong Kong Foiz stavkasi, 4,9 foizgacha ko‘tarilib, 26-sentyabrdan beri kuzatilgan eng yuqori darajaga yetdi.


Tahlilchilarning taxmin qilishlaricha, dunyodagi ikkinchi eng yirik iqtisodiyotning qattiqlashuv siyosati Bitcoin kabi riskli aktivlarga sotish bosimini keltirib chiqarishi mumkin.


Yuan qiymatini himoya qilish maqsadida bozorda dollar likvidligi tomon qilingan harakatlar, global miqyoda dollarning hukmronligini kuchaytirdi.


Dollar indeksi (DXY) 2023-yil 28-dekabrdan buyon 2,7 foizga oshgan, bu esa Bitcoin narxning 7 foizga qadrsizlanishiga olib kelgan sabablardan biri hisoblanadi.


Taxminlarga ko‘ra, Xitoy yuanning qadrsizlanishiga qarshi yana bir muncha vaqt kurashishi kerak.


Mamlakatda davom etayotgan deflyatsiya va ko‘chmas mulk bozorining yomonlashuvi xorijiy investorlarning Xitoydan sarmoyalarini olib chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page