Xorazm viloyatida davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi.
#mayning
2 min read
21/11/23, 09:25
Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko'ra, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Urganch tumanida joylashgan “S.” MCHJ binosida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Xususan, fuqaro O.O. ga tegishli umumiy iste’mol quvvati 228,8 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari elektr tarmog’iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasi elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablarini buzganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 1 mlrd 60 mln 205 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.