top of page

XRP va SEC o'rtasidagi sud ishi qanday yakunlandi?

#SEC #ripple

15/08/24, 06:41

Foto: Bitcoinist.com

Ripple Labs kompaniyasi va AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) o'rtasidagi uzoq sudlashuv nihoyat yakuniga yetdi. Nyu-York janubiy okrug sudi sudyasi Analisa Torresning qarori kripto-aktivlar sohasiga katta ta'sir ko'rsatadi.


                    Nima uchun SEC va Ripple sudlashishdi?

AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi Ripple kompaniyasining XRP tokeni ro'yxatdan o'tmagan qimmatli qog'oz ekanligini da'vo qildi. Shuningdek, SEC Ripple 1,3 milliard dollar qiymatidagi XRP tokenini noqonuniy ravishda sotganligi uchun jarima sifatida 2 milliard dollar to'lashi kerakligini ta'kidladi. Ripple esa XRP tokeni shunchaki raqamli valyuta ekanini va birjalarda sotilishi qonuniy bo'lganligini ma'lum qildi.


             Sudya Analisa Torres qanday qarorga keldi?

Sud ikki tomon da'volarini sinchkovlik bilan o'rganib chiqib, ikkala tomon ham o'z pozitsiyalarida qisman haq ekanligini e'tirof etdi.


Eng muhimi, sud birjalarda sotilayotgan XRP tokenini qimmatli qog'oz emas, deb topdi. Bu Ripple va butun kripto sohasi uchun katta g'alaba bo'ldi.


Ammo sud yirik investorlarga to'g'ridan-to'g'ri sotilgan XRP ni qimmatli qog'oz deb hisoblab, ro'yxatga olinmagan qimmatli qog'ozlarni sotganligi uchun Ripple 125 million dollar jarima to'lashi to'g'risida qaror chiqardi. Bu SEC da'vo qilgan 2 milliard dollar jarimadan sezilarli darajada kam. Ushbu qarordan so'ng XRP tokeni bir kun ichida 18 foizgacha o'sib, keskin reaksiya ko'rsatdi.


                            Sud qarori qanday ahamiyatga ega?

SEC va XRP sud ishidan guvoh bo'lishimiz mumkinki, barcha raqamli aktivlar ham qimmatli qog'oz emasligini aniqlashtirdi. Bu kripto-aktivlar maqomini belgilashda muhim aniqlik kiritadi.

Shuningdek, SEC va XRP sud ishi bo'yicha sudyaning qarori kripto-aktivlar sohasida kelajakdagi shu kabi nizolarni hal qilishda sud pretsedenti sifatida xizmat qiladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page