top of page

618 items found for ""

Products (4)

View All

Natijalar (614)

  • Kripto-aktivlarda buqa bozori uchun eng muhim hodisa nima ekanligi ma’lum bo‘ldi

    Kripto-aktivlarda buqa bozori uchun eng muhim hodisa nima ekanligi ma’lum bo‘ldi Kripto-aktiv ​ 09/04/24, 08:51 Foto: europeanbusinessreview Stabilkoinlar - asosan bir fiat valyutaga bog‘langan, belgilangan narxga ega raqamli aktivlardir Ular raqamli aktivlar dunyosi bilan an’anaviy (fiat) valyutalarni bog‘laydigan va savdo uchun likvidlikni ta’minlaydigan infratuzilmaning asosiy qismi. 10x Research nashri ta’kidlashicha, USDT va USDC etakchi stabilkoinlarining kapitallashuvi so‘nggi 30 kun ichida 10 milliard dollarga o‘sdi, bu bir vaqtning o‘zida bitcoin ETF-lariga tushgan sof mablag‘dan ikki baravar ko‘p. Tether’s USDT va Circle’s USDC - ikkita eng yirik stabilkoinlar - so‘nggi 30 kun ichida birgalikda qariyb 10 milliard dollarga kapitallashuvi o‘sgan. Ulardan keyingi eng yirik kriptovalyutalar DAI va FUSDT ham kapitallashuvi sezilarli o‘sishga erishgan. Bu esa kripto bozoriga yangi ishtirokchilar qo‘shilayotganligini anglatadi. Spot bitcoin ETFlarga esa so‘nggi 30 kun ichida 5 milliard dollarlik pul oqimi kirib keldi. Eng yirik stabilecoinlar kapitallashuvi o‘sganligi Bitcoin Spot ETF rivojlanishidan ko‘ra buqa bozori kirib kelishiga yaxshiroq signal bo‘lishi mumkin. Chunki, Stabilecoinlar kipto bozori ahvoli haqida yaxshiroq xabar beradigan, kripto bozorini ATH (All Time High) olib chiqadigan aktiv hisoblanadi. Investorlar stabilecoinlar barqarorligiga ishonsa va ular orqali kriptovalyutalarga investitsiya kiritsa nafaqat bitcoin balki boshqa alcoinlarga ham jon kiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • MicroStrategy Bitcoinga yana katta miqdorda sarmoya kiritdi

    MicroStrategy Bitcoinga yana katta miqdorda sarmoya kiritdi MicroStrategy ​ 26/02/24, 13:42 Foto: Cointelegraph MicroStrategy asoschisi Maykl Saylor tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, kompaniya o‘rtacha narxi 51 813 dollardan, taxminan 155 million dollarlik 3 ming dona Bitcoin sotib oldi. Eng so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, MicroStrategy o‘z zaxiralarida jami 193 ming dona Bitcoin saqlamoqda. Saylor tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, MicroStrategy zaxirasidagi Bitcoin’larining o‘rtacha narxi 31 544 dollarni tashkil qiladi. Ma’lumot uchun, MicroStrategy 2020-yildan boshlab Bitcoin’ga sarmoya kiritishni boshlagan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitcoin bozor qiymati bo’yicha kumushni ortda qoldirdi

    Bitcoin bozor qiymati bo’yicha kumushni ortda qoldirdi Bitcoin ​ 12/03/24, 04:57 Foto: forklog Bitcoinning bozor qiymati 1,42 trillion dollargacha ko‘tarilib, bozor kapitalizatsiya bo‘yicha kumushni ortda qoldirdi. MikroStrategy kompaniyasi yana 12 000 ta bitcoin sotib olishini e’lon qilganidan beri bitcoin o‘sishda davom etmoqda. Bozor qiymati bo‘yicha kumushni ortda qoldirib dunyodagi eng yirik sakkizinchi aktivga aylanib oldi. Companies MarketCap ma’lumotlariga ko‘ra , Bitcoin yaqin soatlarda 72 000 dollardan o‘tib barcha vaqtlardagi eng yuqori ko‘rsatkichga (ATH) erishdi. Bitkoinning bozor bahosi 1,42 trillion dollargacha o‘sdi. Kumush bozor qiymati esa 1,387 trillion dollar qiymatini tashkil qilmoqda. Hozirda dunyodagi eng qimmat aktiv oltin bo‘lib, uning bozor kapitalizatsiyasi 14.678 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa hozirgi bitkoin kapitalizatsiyasidan qariybb 10 barobar katta. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

View All

Qidiruv natijalari

bottom of page