top of page

613 items found for ""

  • Bitcoin va altcoinlar qanday holatda: Kripto-aktiv bozoriga umumiy nazar (17-sentyabr)

    Bitcoin va altcoinlar qanday holatda: Kripto-aktiv bozoriga umumiy nazar (17-sentyabr) Bozor tahlili Bozor tahlili 17/09/24, 07:03 ​ Bitcoin narxi 58.000 dollar darajasidan o‘tishda qiynalgan bo‘lsa, Ethereum (ETH) 2.200 dollar atrofida savdolarni davom ettirdi. Jahon kripto bozorining umumiy qiymati 0,04% o‘sib, 2,02 trillion dollarga yetdi. Bozor hajmi esa 23,04% ga oshib, 63,69 milliard dollarga ko‘tarildi. Bitcoin va Ethereum kabi katta kripto-aktivtalar barqaror bo‘lgan bir paytda, Solana (SOL) va XRP kabi ayrim kripto-aktivtalar o'sish ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Solana 0,6% o‘sib, 131 dollarga chiqdi, XRP esa 4% o‘sish bilan 0,5868 dollarga yetdi. XRP ning bu o‘sishi, "kit"lar tomonidan 40 million XRP ning oxirgi 24 soat ichida ko‘chirilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar bozor umumiy o‘zgaruvchanligi bilan mos ravishda kechdi, ayniqsa FOMC yig‘ilishiga oid kutishlar bu harakatlarga ta'sir ko‘rsatdi. Xususan, AQSh Federal Rezervining 50 baza punktiga teng foiz stavkasini pasaytirishi kutilayotgan spekulyatsiyalar investorlar orasida muhokama qilindi. Bitcoin narxi 0,7% pasayish bilan 58.098 dollardan savdo qilmoqda. Kunning eng past narxi 57.501 dollar, eng yuqori narxi esa 59.154 dollar bo‘ldi. Bitcoin narxidagi ushbu o‘zgaruvchanlik Bitcoin ETF’lariga 12,8 million dollarlik kirimlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bozor tahlilchilari bu holatni diqqat bilan kuzatayotgan bo‘lib, ayniqsa yangi investorlar Bitcoinni yig‘ib borayotgani va katta "balina"lar o‘z pozitsiyalarini saqlab qolayotganini ko‘rsatuvchi hisobotlar e’tiborga sazovor. Bu holat Bitcoin’ga bo‘lgan ishonchning davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Ethereum esa nisbatan barqarorroq harakat qildi. ETH narxi 0,3% o‘sish bilan 2.284 dollardan savdo qilmoqda. Kun davomida eng past narx 2.263 dollar, eng yuqori narx esa 2.334 dollar bo‘ldi. Biroq, AQSh spot Ethereum ETF’laridan 9,4 million dollarlik chiqim kuzatilgani investorlar orasida xavotir uyg‘otdi. Ayniqsa, Ethereum fyuchers bozorda 2024 yilning eng past moliyalashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi bozor uchun qo‘shimcha bosim bo‘ldi. Shu bilan birga, meme coinlar orasida Dogecoin (DOGE) va Shiba Inu (SHIB) kabi kriptovalyutalar qiymatini yo‘qotdi. Dogecoin 1,5% pasayish bilan 0,09982 dollarga, Shiba Inu esa 0,7% pasayish bilan 0,00001319 dollarga tushdi. Biroq, PEPE 0,17% va WIF 1% daromad bilan kunni yakunladi. Altcoinlar orasida Fantom (FTM) 7% o‘sish bilan 0,5155 dollarga ko‘tarilib, diqqatni tortdi. Celestia (TIA) 4% o‘sish bilan 4,83 dollarga yetdi. BitTorrent (BTT) ham 5% o‘sib, 0,0000008865 dollarga chiqdi. Shu bilan birga, SEI 7% pasayib, 0,2701 dollarga, Nervos Network (CKB) 5% pasayib, 0,0155 dollarga va Render (RENDER) 4% pasayish bilan 4,67 dollarga tushdi. Umuman olganda, bozor noaniqliklar bilan davom etmoqda. Bitcoin va Ethereum kabi yirik kriptovalyutalar biroz o‘zgaruvchanlikka duch kelgan bo‘lsa, ayrim altcoinlar katta daromadlar qayd etdi. Kelayotgan FOMC yig‘ilishiga oid kutishlar va makroiqtisodiy rivojlanishlar esa bozorning kelajakdagi yo‘nalishini aniqlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Terminologiya | Blockchain Texno

    Maxsus rukn Hali kriptosfera yoki umuman treyding sohasiga kirib ulgurmasdanoq firibgarlarga aldanib qolayotgan O’zbekistonliklar hikoyasi O'zbeklardan millionlarni o'g'irlayotgan soxta treyderlar Maxsus rukn 07:08 Read More Genesis blok - bu har qanday blokcheyn tarmog‘idagi birinchi va eng muhim blokdir. U blokcheyn tarixining boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Genesis Blok: Blokcheynning boshlanish nuqtasi Maxsus rukn 07:31 Read More O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida 899-sonli qonuni asosida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeks va Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritilganini xabar qilgan edik. O'zbekistonda "Notcoin" sotish-sotib olish noqonuniymi? Maxsus rukn 10:01 Read More Token qulfini ochilishi aslida ilgari qulflangan yoki cheklangan tokenlarning bozorga chiqarilishini anglatadi. Quluflangan tokenlarni ochilishi nimani anglatadi? Maxsus rukn 09:25 Read More Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 3357-sonli buyrug‘i mayning faoliyatini amalga oshirishda tartib-qoidalarini belgilaydi va ushbu agentlik mayning faoliyatini amalga oshirishda vakolatli davlat organi hisoblanadi. O’zbekistonda mayning faoliyatini olib borish tartibi qanday? Maxsus rukn 10:34 Read More Pul yuvish bu jinoyatchilarning noqonuniy faoliyat natijasida topgan mablag‘larining manbalarini yashirishga urinishda foydalanadigan jarayon hisoblanadi. Kripto-aktivlar orqali pul yuvish amaliyoti qanday amalga oshiriladi va O‘zbekiston qonunchiligida qanday jazolar bor? Maxsus rukn 10:51 Read More Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 3397-raqam ostida ro‘yxatga olingan buyrug‘iga asosan kripto-aktiv egasi kripto-aktivlarni erkin tasarruf etishi ya’ni o‘zlariga tegishli kripto-aktivning yuridik oqibati belgilashi mumkin. O‘zbekistonda kripto-aktiv egasining qanday huquq va majburiyatlari mavjud? Maxsus rukn 08:00 Read More Qo'rquv va ochko'zlik barchamizga tanish bo'lgan insoniy tuyg'ulardir. Inson psixologiyasi va qaror qabul qilish jarayoni ko'p qirrali va murakkab bo'lib, ko'plab omillarni o'z ichiga oladi. "Qo'rquv va ochko'zlik" indeksi (Fear and Greed Index) nima? Maxsus rukn 11:21 Read More Texnik tahlil vositalari narx ko’tarilish yoki tushishini taxmin qilishga yordam beradi. Texnik tahlil nima uchun kerak? Maxsus rukn 11:25 Read More Solana markazlashtirilmagan ilovalar va kriptovalyutalar uchun mo'ljallangan yuqori samarali blokcheyn platformasi. Solana nima? Maxsus rukn 07:19 Read More Smart kontraktlar asosida to`g'ridan to`g'ri savdo qilish imkonini beruvchi markazlashmagan birja. Uniswap nima? Maxsus rukn 06:07 Read More Qimmatli qog'ozlar, obligatsiyalar, tovarlar yoki kriptovalyutalar portfeli uchun sertifikat. Bitkoin ETF nima? Maxsus rukn 06:00 Read More MakerDAO - bu Ethereumga asoslangan aqlli kontrakt platformasi bo'lib, u kriptoaktivlarga qarshi DAI stabilkoinlarini chiqarish imkonini beradi. MakerDAO nima? Maxsus rukn 05:48 Read More PancakeSwap savdo hajmi boʻyicha eng yirik DeFi (markazlashmagan) birjalardan biri. PancakeSwap nima? Maxsus rukn 05:36 Read More Bitkoin manzillari lotin harflari va raqamlaridan iborat, foydalanuvchi ma'lumotlarini o'z ichiga olmaydigan manzil. Bitkoin tarmog'idagi manzillar qanday ko'rinishga ega? Maxsus rukn 05:30 Read More Bunday platformalarda savdo to'g'ridan-to'g'ri ishtirokchilar o'rtasida (peer-to-peer) hech qanday moliyaviy vositachilarsiz amalga oshiriladi. Markazlashmagan birja nima? Maxsus rukn 05:16 Read More Bitkoin maynerlarga to'lanadigan mukofot miqdorining har 4 yilda teng yarmiga qisqartiriliishi. Bitkoin halving nima? Maxsus rukn 05:11 Read More Yangi texnologiyali startaplar uchun uzoq muddatga mo'ljallangan investitsiyalar. Venchur moliyalashtirish nima? Maxsus rukn 05:06 Read More Fyuchers - bu fond birjalarida xom ashyo tovarlari, kriptovalyuta, qimmatli qog’ozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda kelajakda sotish yoki sotib olish shartnomasi. Fyuchers nima? Maxsus rukn 05:01 Read More Kriptovalyuta birjalarining xilma-xilligi juda ko'p va ularning har biri o'z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Nima uchun kriptovalyuta birjasini to'g'ri tanlash muhim? Maxsus rukn 04:55 Read More Yana ko'proq

  • Mayning nima?

    Latest News Add paragraph text. Click “Edit Text” to update the font, size and more. Mayning nima? ​ ​ Read More Binance rahbarlaridan biri qamoqxonadan qochib ketdi ​ ​ Read More Binance kompaniyasining yangi bosh direktori Richard Teng kim? ​ ​ Read More Mastercard karta egalari UEFA Chempionlar Ligasi o'yinlari uchun bepul NFT chiptalarini yutib olishlari mumkin ​ ​ Read More Bugun qaysi tokenlarning narxi eng ko‘p oshdi? ​ ​ Read More Ommabop indikatorlardan biri BTC sotib olish uchun signal berdi ​ ​ Read More Binance 6 ta kriptovalyutani delist qilmoqda ​ ​ Read More Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi ​ ​ Read More UZNEX ishonchli kripto birja hisoblanadimi? ​ ​ Read More SEC komissari o‘z agentligining kriptovalyutalarga bo‘lgan yondashuvini tanqid qildi ​ ​ Read More 2014-yildan kripto loyihalarining 50% dan ortig'i muvaffaqiyatsizlikka uchradi ​ ​ Read More Grayscale kompaniyasining bitcoin sotishlari kamaydi ​ ​ Read More

  • Blokcheyn nima?

    Blokcheyn nima? Maxsus rukn 3 min read 12/10/23, 11:01 iStock Blokcheyn - bu barcha uchun ochiq va o‘zgarmas bo‘lgan maʼlumotlar bazasi. Maʼlumotlar bazasining bir xil nusxalarini butun tarmoq bo‘ylab tarqatish orqali tizimni buzish yoki aldashni qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda Blokcheyn asosan kriptovalyutalar sohasida qo‘llanilayotgan bo‘lsada, texnologiya juda keng doiradagi ilovalarga xizmat ko‘rsatish potensialini taklif etadi. Blokcheyn qanday ishlaydi? Shifrlash va moliyaviy rag‘batlantirish tufayli blokcheyn markazlashtirilmagan kompyuter tarmog‘i sifatida ishlaydi, unda aʼzolar tizim maqsadga muvofiq ishlashi uchun bir-birlarini bilishlari yoki ishonishlari shart emas. Bir xil maʼlumotlar tarmoqning har bir tugunida taqsimlangan holda saqlanadi. Nazariy jihatdan, har qanday maʼlumot blokcheynga yozilishi mumkin - pul operatsiyalaridan tortib jahon adabiyotining to‘liq to‘plamigacha. Maʼlumotlar blokcheynga kirishi uchun uning haqiqiyligini tekshirish kerak. Buni maynerlar qilishadi. Tranzaksiyaning haqiqiyligini tekshirgandan so‘ng, ular buni blokka yozadilar, shundan so‘ng u blokcheynda abadiy qoladi va istalgan foydalanuvchi uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin. Blokcheynni qayerda qo‘llash mumkin? Blokcheyn texnologiyasi deyarli har qanday kriptovalyutada qo‘llaniladi, bu ularning ishlashini taʼminlaydi. Shuningdek, blokcheyn bank tizimlariga, mulk huquqlarini ro‘yxatga olish tizimlariga va turli taʼminot zanjirini boshqarishga hamda raqamli identifikatsiya, energiya, ovoz berish, o‘yinlar, va internet olamiga faol joriy etilmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Rossiya Markaziy banki “Yigit soʻzi” kriptoloyihasini moliyaviy piramidalar qatoriga qo'shdi.

    Rossiya Markaziy banki “Yigit soʻzi” kriptoloyihasini moliyaviy piramidalar qatoriga qo'shdi. #piramida 3 min read 16/01/24, 07:10 Foto:rutubu.ru 12-yanvar kuni Rossiya banki moliya bozorida noqonuniy faoliyat belgilariga ega bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Regulyator "Yigit so'zi" kriptovalyuta loyihasini moliyaviy piramida sifatida tasnifladi. Bu loyiha tashkilotchilari narxi har kuni 1% dan 25% gacha o'sadigan mahalliy Boiler tokenini (BLR) sotib olishni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, BLRni olib qo'yish cheklangan. Ishtirokchidagi tanga Booster (BST) deb nomlangan ikkinchi token mavjud bo'lsagina muzlatilmaydi. Loyihaning vebsaytida xuddi shu nomdagi seriyalar va filmdan iqtiboslar keltirilgan. Bitimlar soniga qarab mijozlarga “Chushpan”, “Super” yoki “Avtoritet” darajalari beriladi. Loyihada shtirok etish uchun minimal summa 100 dollar. Moliyaviy piramida belgilariga ega bo'lgan loyihalar ro'yxatiga Procash-mining brokeri va cloud mining bo'yicha daromad taklif qiluvchi Cloud-mine.org kompaniyasi ham kiritildi. 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida regulyator 2176 ta moliyaviy piramidani aniqladi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘p. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Blockchain Life Forum 2024 - Dubayda o'tadigan kripto-forum

    Blockchain Life Forum 2024 - Dubayda o'tadigan kripto-forum #blockchainlife 3 min read 11/03/24, 10:55 Foto:Blockchain Life PR team 15-16-aprel kunlari Dubay shahrida bo'lib o'tadigan "Blockchain Life Forum 2024" global kripto hamjamiyatining eng yorqin tadbiriga aylanish arafasida. Bu forumda siz Bull Run davridan qanday foydalanib qolish bo'yicha mutaxassislar va kripto-ixlosmandlar bilan tajriba hamda tahlillar almashish, hozirgi kripto-bozor trendlaridan qanday qilib daromad qilish haqida ma'lumotlar olasiz. 120 dan ortiq mamlakatdan 8000 ishtirokchi keladi. Tadbirga TRON asoschisi Justin Sun, Binance vakili Rachel Conlan, Tether rahbari Paolo Ardoino kabi yetakchilari qatnashadi. Forumning yorqin yakunini AfterParty maxsus mehmoni - global hitmaker, Alan Walker jonli konserti bilan tugatadi. VIP chipta egalari va forum ma'ruzachilari ushbu kechaga eksklyuziv tarzda kirish huquqiga ega bo'ladi. Chiptalarni "BlockchainTexno" promo-kodi bilan 10% chegirma asosida oling! Chipta olish Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitcoin uchun "o'lim xochi" ning oldini olish uchun 62 ming dollardan yuqori bo'lishi muhim.

    Bitcoin uchun "o'lim xochi" ning oldini olish uchun 62 ming dollardan yuqori bo'lishi muhim. Bozor tahlili, Bitcoin 5 minut 10/08/24, 18:49 Google Mashhur treyder Benjamin Kouenning so'nggi tahliliga ko'ra, Bitcoin endi kunlik grafikdagi formativ "o'lim xochi"ni yengish uchun faqat bitta imkoniyatga ega - 62,000 dollardagi qarshilikni yengib, uni qo'llab-quvvatlash darajasiga aylantirish. So'nggi pasayish BTC/USD juftligini klassik ravishda "o'lim xochi" deb nomlanuvchi boshqa harakatlanuvchi o'rtacha krossoverning mumkin bo'lgan vaziyatiga olib keldi. Narxlar jadvalidagi bu holat 200 kunlik ekvivalentidan pastga qarab kesishgan 50 kunlik oddiy harakatlanuvchi o'rtacha (SMA) pastga egilganligini anglatadi. Hozirda bozor ma'lumotlariga ko'ra, 50 kunlik va 200 kunlik SMA mos ravishda $ 61,998 va $ 61,882 da. O'lim xochi o'z nomini xoch bir marta sodir bo'lgandan keyin BTC narxining pasayishi haqida oldindan ogohlantirish vazifasini bajaradi degan taxmindan kelib chiqqan. Biroq, treyder ta'kidlaganidek, natijalar ko'pincha aralashtiriladi. 2023-yildagi so'nggi kunlik o'lim xochi ko'tarilish ehtimolini deyarli yo'q qildi. “2023-yilda BTC o'lim xochidan keyin darhol o'sishni boshladi. Keyin u 50D SMA dan yuqoriga ko'tarildi va keyinchalik yuqoriga ko'tarilishdan oldin uni qo'llab-quvvatladi ", dedi u. Aksincha, 2019, 2021 va 2022-yillarda o'lim xoch hodisasiga qisqa muddatli o'tishning o'zi oxir-oqibat kutilgan natijaga - narxning pasayishiga olib keldi. "Ushbu harakatning kuchi, ehtimol, BTC birinchi navbatda 50 kunlik oddiy harakatlanuvchi o'rtacha qiymatdan (62 ming dollar) oshib ketishiga va keyin uni 2023 yilda bo'lgani kabi qo'llab-quvvatlash sifatida ushlab turishiga bog'liq bo'ladi", deb xulosa qildi Kouen. Uning qo'shimcha qilishicha, agar bu muvaffaqiyatsiz bo'lsa, makroiqtisodiy sharoitlar o'zgarmaguncha narx pasayishda davom etishi mumkin. Xususan, FRC foiz stavkalarining "yetarli darajada" o'zgarishini amalga oshirishi kerak, bu kriptovalyuta va boshqa xavf aktivlarining o'sishini rag'batlantiradi. Ayni paytda, BTC/USD juftligi so'nggi 24 soat ichida tiklanishni davom ettirdi va bir oz pasayish bilan konsolidatsiyaga qaytishdan oldin $62,775 ga yetdi, yozish paytida $60,660 da savdo qildi. Biroq, bozor kuzatuvchilari miqyosi bo'yicha Bitcoin tarixida kamdan-kam uchraydigan ulkan sur'atdan so'ng yaqin kunlarda yuqori narxlarga qaramay, fyuchers bozorida ochiq qiziqishda tiklanish yo'qligi qayd etildi. "Bitcoindagi bu o'sish, asosan, fyuchers bozoridagi qisqa muddatli qoplamaning natijasi bo'ldi", deb yozgan Xulio Moreno, CryptoQuant tahliliy platformasi ishtirokchisi. O'z navbatida, tahlilchi Axel Adler Jr. shuningdek, 62,000 dollar darajasini asosiy qarshilik sifatida ta'kidladi, shu bilan birga 49 000 dollar atrofidagi birinchi yirik yordamni aniqladi. "Asosiy qarshilik darajalari 62-64 ming dollar oralig'ida qo'llab-quvvatlash 49 ming dollarda qolmoqda." Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitkoin nima?

    Bitkoin nima? Maxsus rukn 2 min read 12/10/23, 11:20 istockphoto Bitkoin (ingliz tilidan olingan bo‘lib BIT - raqamli maʼlumotning minimal birligi va COIN - tanga) P2P texnologiyasiga ega to‘lov tizimi (P2P - o‘zaro teng). Uning ishlash prinsipi ochiq maʼlumotlar protokoliga asoslanadi. Bitkoinni kim ixtiro qilgan? Bitkoin birinchi marta 2008 yilda "Satoshi Nakamoto" taxallusi ostidagi anonim dasturchi bitkoin tushunchasi va uning blokcheyn deb nomlanuvchi asosiy texnologiyasini ommaga tanishtirdi. Bu turli guruhlar, jumladan, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari, venchur kapitalistlari, tadbirkorlar va hukumatlarning qiziqishini uyg‘otdi. Protokoldagi har qanday muhim o‘zgarishlar faqatgina maynerlar va - kompyuter obyektlari egalari uyushmalari roziligi bilangina bo‘ladi, buning natijasida yangi bitkoinlar “tug‘iladi”. Bitkoinni kim nazorat qiladi? Bitkoin hech qanday tartibga soluvchi organ yoki markaziy bank ishtirokisiz ishlaydi, koinlar chiqarish va tranzaksiyalarni qayta ishlash tarmoq ishtirokchilari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Shunday qilib, hech kim Bitkoinni nazorat qila olmaydi, tranzaksiyani bloklay olmaydi yoki bekor qila olmaydi. Biroq, har kim tarmoqqa qo‘shilishi mumkin. Bitkoindan qanday foydalanish mumkin? Bitkoin, bugungi kunda real tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun to‘lov vositasi sifatida ishlatiladi. Bu pul o‘tkazmalarining arzon va oson yo‘li bo‘lib, jo‘natuvchi va oluvchining bir-biridan qanchalik uzoqda ekani mutlaqo muhim emas. Bitkoinlar baʼzi ovqatlanish korxonalarida, mehmonxonalarda to‘lash, aviachiptalarni sotib olish, raqamli kontent, veb-sayt hosting va domenlar, o‘quv kurslari, dasturiy taʼminot, yuridik xizmatlar uchun haq to‘lash, online xarid qilish va taksi xizmatlaridan foydalanish uchun ishlatilishi mumkin. Bitkoin yordamida telefon hisobingizni to‘ldirishga imkon beruvchi maxsus xizmatlar mavjud. Kriptovalyuta omonatlarini taklif qiluvchi online kazinolar soni ortib bormoqda. Raqamli valyuta qimmatbaho xaridlar uchun ishlatilgan misollarni ham topishingiz mumkin: uylar, avtomobillar va yaxtalar. Shuningdek, ko‘plab foydalanuvchilar bitkoinni uzoq muddatli sarmoya va jozibali savdo aktivi sifatida ko‘rishadi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bankrotlikka uchragan FTX o‘ziga tegishli kompaniyani katta zararga sotmoqda

    Bankrotlikka uchragan FTX o‘ziga tegishli kompaniyani katta zararga sotmoqda FTX ​ 13/02/24, 06:08 Foto: forklog Bankrotlikka uchragan kriptovalyuta birjasi FTX, DCI kompaniyasini sotish uchun ariza berdi. FTX 2021-yil dekabr va 2022-yil avgust oylarida jami 10 million dollar sarflab sotib olgan kompaniyani CoinList’ga atigi 500 ming dollarga sotadi. Savdoni moliyalashtirish Digital Custody Inc kompaniyasining sobiq bosh direktori Terens J. Kulver tomonidan amalga oshirilishi aytilmoqda. FTX advokatlarining bayonotlariga ko‘ra, DCI FTX va LedgerX’ga xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan, ammo FTX 2022-yil noyabr oyida bankrotligini e’lon qilinganidan keyingina kompaniyatarkibiga to‘liq qo‘shilgan. FTX rahbarlari DCI kompaniyasi endi hech qanday foyda keltirmaydi deb hisoblaydi, chunki LedgerX allaqachon sotilgan va FTX birjasi esa butunlay yopilish arafasida. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Ethereum Classic blokcheynida ‘’halving‘’ sodir bo‘lishiga ham oz fursat qoldi

    Ethereum Classic blokcheynida ‘’halving‘’ sodir bo‘lishiga ham oz fursat qoldi Kripto-aktiv ​ 28/05/24, 09:49 Foto: Crypto News Ethereum Classic blokcheynida ‘’halving‘’ boshqa blokcheynlardagi ‘’halving‘’ jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu tarmoqda ‘’halving‘’ jarayoni Bitcoin blokcheyni kabi 4 yilda emas har 2 yilda sodir bo‘ladi ‘’Halving‘’ Ethereum Classic blokcheynidagi har 5.000.000 ta blok qazib olinganda sodir bo‘ladi. EthereumClassic-ning dastlabki blok mukofoti 4 ETC edi. Blok mukofoti taxminan har 2 yilda 20 foizga kamayadi. Bu yangi ETC kripto-aktivini ‘’mining‘’ qilinish tezligini pasaytiradi. Kamaytirish davriy bo‘lib, Ethereum Classic kodiga dasturlashtirilgan. Hech qanday inson omili ro‘l o‘ynamaydi Bu yil 31-may sanasida navbatdagi ‘’halving‘’ jarayoni sodir bo‘lishi kutilmoqda. Joriy har bir ETC blok mukofoti 2,56 ETC ni tashkil qilsa, ‘’halving‘’dan so‘ng blok mukofoti 2,048 ETCga kamayadi Avvalgi ETC ‘’halving‘’ sanasi 2022-yil 25-aprelda sodir bo‘lgan edi. Aslida; Ethereum Classic blokcheynida minerlar uchun mukofot kamayish jarayoni ’’Halving‘’ emas ’’Fifthening‘’ deb ataladi. Chunki, blokchalikda mukofot yarimiga emas 20% ga qisqaradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • O'zbekistonda ilk bor kripto haftalik bo'lib o'tadi

    O'zbekistonda ilk bor kripto haftalik bo'lib o'tadi #CryptoweekUzbekistan ​ 02/05/24, 06:52 ​ Shu yilning 3-6 iyun kunlari Toshkentda Cyrpto Week Uzbekistan haftaligi bo'lib o'tadi. Konferensiya O'zbekistonning kripto regulyatori Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi, PraeLegal va Heemera kompaniyalari tomonidan tashkillashtiriladi. Haftalikning birinchi kuni kripto biznesi va shu soha vakillariga bag'ishlanadi. Ikkinchi kun moliya institutlari, banklar va to'lov tashkilotlariga qaratilib, to'lov tizimlarida mavjud kripto dasturlari va sanoatning yangi tendentsiyalari namoyish etiladi. Uchinchi kuni kripto aktivlari va blokcheyn ta'limini o'quv dasturlariga integratsiya qilish muhokama markazida bo'lsa, konferensiyaning so'nggi kuni Kripto jinoyatlariga qarshi kurash strategiyalari va kripto aktivlari bo'yicha sud jarayonlari muhokamalariga bag'ishlanadi. Eng asosiysi konferensiyada sanoat yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik imkoniyatlatlari, kripto sferadagi yangi loyihalar ko'rgazmasi shuningdek yetakchi kripto kompaniyalarning eksklyuziv e'lonlari kutilyapti. NAPP - O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri Prezidentga hisobot beradigan O'zbekistonning yagona kripto regulyatori. Heemera - kriptografik analitika, kripto aktivlarni qaytarish, risklarni boshqarish va muvofiqlik bo'yicha global xizmat ko'rsatuvchi provayder. PreaLegal Uzbekistan - keng ko`lamli, kripto va cyber xuquqlarga ixtisoslashgan va 142 mamlakatda 252 ta ofis tarmog'iga ega bo'lgan xalqaro yuridik firma. Taklif va homiylik imkoniyatlari uchun bog'lanish: info@cryptoweek.uz yoki https://cryptoweek.uz/# Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Meta Llama 3.1 AI modellari to'plamini taqdim etdi

    Meta Llama 3.1 AI modellari to'plamini taqdim etdi #facebook, meta, ai 3 minut 24/07/24, 11:28 google Meta'ning flagman AI modeli 16 000 Nvidia H100 GPU-dan foydalangan holda 15 trillion tokendan olingan ma'lumotlarga o'rgatilgan. U 405 milliard parametrga ega, bu atama muammoni hal qilish ko'nikmalarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Qiymat qanchalik baland bo'lsa, shuncha yaxshi deb ishoniladi. Tizim kod yozish, asosiy matematik savollarga javob berish yoki hujjatlarni umumlashtirish kabi bir qator vazifalarni bajarishi mumkin. "Llama 3.1 405B eng yaxshi yopiq manba modellari bilan raqobatlashadigan tengsiz moslashuvchanlik, boshqaruv va zamonaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan o'ziga xos sinfga kiradi", deyiladi e'londa. Llama 3.1 405B faqat matn bilan ishlashi mumkin. Ishlab chiquvchilar multimodallik bilan tajriba o'tkazmoqdalar, ammo hali tasvirlar, videolar yoki nutqlar bilan ishlash uchun ommaviy modellar mavjud emas. Meta’ning yangi AI tizimi oldingi tizimlarga qaraganda kattaroq kontekst oynasiga ega – 128 000 ta token, bu taxminan 50 betlik kitobga teng. Kattaroq kontekst ilgari muhokama qilingan mavzularni unutmasdan suhbatni uzoqroq davom ettirish qobiliyatini anglatadi. Llama 3.1 405B ishlashi uchun kuchli uskuna talab qilinadi. Flagman neyron tarmog'i bilan bir qatorda Meta ikkita kichik Llama 3.1 8B va Llama 3.1 70B modellarini taqdim etdi. Ular, shuningdek, 128 000 tokenli kontekst oynasiga ega. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page