top of page

613 items found for ""

  • O'zbekistonda ilk bor kripto haftalik bo'lib o'tadi

    O'zbekistonda ilk bor kripto haftalik bo'lib o'tadi #CryptoweekUzbekistan ​ 02/05/24, 06:52 ​ Shu yilning 3-6 iyun kunlari Toshkentda Cyrpto Week Uzbekistan haftaligi bo'lib o'tadi. Konferensiya O'zbekistonning kripto regulyatori Istiqbolli Loyihalar Milliy Agentligi, PraeLegal va Heemera kompaniyalari tomonidan tashkillashtiriladi. Haftalikning birinchi kuni kripto biznesi va shu soha vakillariga bag'ishlanadi. Ikkinchi kun moliya institutlari, banklar va to'lov tashkilotlariga qaratilib, to'lov tizimlarida mavjud kripto dasturlari va sanoatning yangi tendentsiyalari namoyish etiladi. Uchinchi kuni kripto aktivlari va blokcheyn ta'limini o'quv dasturlariga integratsiya qilish muhokama markazida bo'lsa, konferensiyaning so'nggi kuni Kripto jinoyatlariga qarshi kurash strategiyalari va kripto aktivlari bo'yicha sud jarayonlari muhokamalariga bag'ishlanadi. Eng asosiysi konferensiyada sanoat yetakchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik imkoniyatlatlari, kripto sferadagi yangi loyihalar ko'rgazmasi shuningdek yetakchi kripto kompaniyalarning eksklyuziv e'lonlari kutilyapti. NAPP - O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri Prezidentga hisobot beradigan O'zbekistonning yagona kripto regulyatori. Heemera - kriptografik analitika, kripto aktivlarni qaytarish, risklarni boshqarish va muvofiqlik bo'yicha global xizmat ko'rsatuvchi provayder. PreaLegal Uzbekistan - keng ko`lamli, kripto va cyber xuquqlarga ixtisoslashgan va 142 mamlakatda 252 ta ofis tarmog'iga ega bo'lgan xalqaro yuridik firma. Taklif va homiylik imkoniyatlari uchun bog'lanish: info@cryptoweek.uz yoki https://cryptoweek.uz/# Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Binance Blockchain haftaligi start oladi.

    Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Binance Blockchain haftaligi start oladi. binance 3 min read 08/11/23, 05:41 criptomor Tadbirda Web 3 ekotizimi muhokama markazida bo'lishi kutilmoqda. Web 3 ekotizimining jadal o'sishi hozirgi sust bozorning kutilmagan natijasi hisoblanadi. Ishlab chiquvchilar va korxonalar narxlarning pasayish jarayoniga yangiliklar qilish imkoniyati deb qarashadi va bu davrda innovatsiyalar tezlashadi. Web 3ning rivojlanishi markazlashtirilmagan moliya (DeFi) dan o'yinlar va o'zgarmas tokenlarga (NFT) qadar ko'plab jabhalarda yangi natijalarga erishdi. Innovatsiyalarning kuchayishi web 3 rivoji kriptografiya va blokcheyndagi so'nggi tendensiyalarni muhokama qilish zaruratini paydo qildi. Binance Blokcheyn haftaligi innovatorlar, siyosatchilar, soha yetakchilari va blokcheyn ishqibozlari uchun muhokama va munozara maydoni bo'ladi. Ular web 3 ga milliardlab foydalanuvchini jalb qilish imkoniyatlari haqida fikr almashishadi. Binancening ushbu konferensiyasida 2000 dan ortiq odam ishtirok etishi kutilmoqda, unda nafaqat turkiyalik web3 ixlosmandlari, balki butun dunyo bo'ylab ishtirokchilar qatnashadi. Bundan tashqari, boshqa ko'plab ishtirokchilar Binance Live orqali haftalik voqealarini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Ripple Gruziya Markaziy bankining raqamli valyutasini (raqamli larini) ishga tushiradi.

    Ripple Gruziya Markaziy bankining raqamli valyutasini (raqamli larini) ishga tushiradi. Gruziya 3 min read 03/11/23, 11:00 Foto: Cointelegraph Gruziya Milliy banki hukumat, biznes va chakana foydalanuvchilar uchun raqamli larining afzalliklarini baholashda CBDC platformasidan foydalanadi. Gruziya Milliy banki (NBG) Ripple Labs blockchain to'lov tarmog'ini rasmiy texnologik hamkor sifatida tanladi. Ripple bayonotida aytilishicha, hamkorlik Ripple CBCD platformasi orqali raqamli lari pilot loyihasini amalga oshirishdan iborat. Milliy bank ushbu innovatsion CBDC platformasidan raqamli larining potentsial qo'llanilishini baholash, uning davlat sektori, korxonalar va individual foydalanuvchilar uchun afzalliklarini aniqlashda foydalanadi. Sentyabr oyida Gruziya Milliy banki Real vaqt rejimida cheklangan kirish pilot muhitini joriy etish orqali CBDC loyihasini ilgari surish niyatini e'lon qildi. Jarayonning dastlabki bosqichida Gruziya Milliy banki texnologik mahorati, imkoniyatlari, tegishli tajribasiga ko'ra to'qqizta firmani tanlaganda, Ripple ham ular orasida edi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi.

    Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi. #NFT 2 min read 18/12/23, 07:23 ​ Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi. Ularning boshlang'ich narxi 99$. 47 ta yoki undan ortiq NFT sotib olganlar ( bu raqam AQSH prezidentlari soniga ishora) Trump bilan Mar-A-Lago qarorgohida birga kechki ovqat qilishi imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Bundan tashqari u kiygan kostyumni olishlari ham mumkin bo'ladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Janubiy Koreyada firma rahbari mijozlarning pullarini o‘g‘irlab kriptoga sarmoya kiritib yuborgani oshkor bo'ldi

    Janubiy Koreyada firma rahbari mijozlarning pullarini o‘g‘irlab kriptoga sarmoya kiritib yuborgani oshkor bo'ldi Kriptovalyuta ​ 12/03/24, 06:14 Foto:Glassnode Janubiy Koreyalik yuridik firma operatori 11-mart kuni Pusanda kripto investitsiyalariga sarflash uchun mijozlarning pullarini o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, qamoqqa tashlandi. Bu haqda cryptonews nashri xabar beradi. Holat bo‘yicha ushbu qilmish Pusan tuman sudi jinoiy ishlar bo‘limida ko‘rib chiqilgan. Sud 50 yoshlardagi ismi oshkor etilmagan shaxsni 20 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Yuridik firma rahbari 2021-yil 27-dekabrda 170 ming dollarni o‘g‘irlagan, deya xabar beradi sud. Prokurorlarning aytishicha, firma rahbari kompaniya hisobidan ularning shaxsiy bank hisobiga pul o‘tkazgan. Ayblanuvchi o‘ziga ishonib topshirilgan pul mablag‘larini rastrata qilgan. Bir qismini kriptovalyutalarga aylantirgan. Tuman sudi 11-jinoiy ishlar bo‘limi sudyasi Chjon Sun Yol raislik qiluvchi sudya shunday dedi: “Etkazilgan zarar miqdori katta. Va o‘g‘irlangan pullarning hech biri qaytarib olinmadi. Shu omillarni hisobga olgan holda, bu ishda qattiq jazo berishdan boshqa ilojim yo‘q”. Kriptovalyutalar orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari Janubiy Koreyada ko‘paymoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida Janubiy Koreya politsiyasi 80 dan ortiq kriptovalyutalar firibgarligida gumon qilingan shaxslarni ushladi. Hukumat qattiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda. Anonim kripto operatsiyalarni taqiqlanganligi bunga yaqqol misol. Avvalroq, kripto firibgarlik uchun Janubiy Koreyada umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • OKX kripto birjasi Singapurda kripto xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi

    OKX kripto birjasi Singapurda kripto xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi kriptovalyuta ​ 13/03/24, 10:18 istockphoto Mashhur kriptobirjalardan biri bo‘lgan OKX birjasi Singapur davlatida faoliyat ko‘rsatish uchun chorshanba kuni Singapur markaziy bankidan raqamli aktivlar litsenziyasi uchun prinsipial rozilik olganini aytdi. Bu OKX birjasi uchun mamlakatlarda o‘zining meyoriy huquqiy bazasini yaratishda muhim qadam hisoblanadi. "Singapur - ustuvor bozor va biz bu erga bir muncha vaqtdan beri sarmoya kiritmoqdamiz", dedi OKX prezidenti Xong Fang bayonotida. "Singapur markaziy banki printsipial roziligi nafaqat bizning bugungi kunga bo‘lgan majburiyatimizni tasdiqlash, balki Singapur kripto ekotizimiga mas’uliyatli hissa qo‘shuvchi sifatida davom etishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir" deya qo‘shimcha qildi Xong Fang. Avvalroq, OKX birjasi O‘zbekistonda 30-mart sanasidan boshlab rezidentlariga mahalliy qonunlar sabab xizmat ko‘rsatishni to‘xtatganligini aytib o‘tgandik. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Binance 8 ta altkoin juftini delist qilishini e’lon qildi

    Binance 8 ta altkoin juftini delist qilishini e’lon qildi binance ​ 24/01/24, 09:05 Foto: koinbulteni Bugun e’lon qilingan rasmiy bayonotga ko‘ra , Binance COMBO (COMBO), Curve (CRV), IOST (IOST), NEO (NEO), QuarkChain (QKC), Quickswap (QUICK), THORChain (RUNE) va WOO (WOO) kriptovalyutalarning ba'zi juftlarini spot tranzaktsiyalar savdosidan chiqarib tashlashini e’lon qildi. 26-dekabr kuni soat 08:00’dan boshlab COMBO/BNB, CRV/ETH, IOST/ETH, NEO/ETH, QKC/ETH, QUICK/TUSD, RUNE/EUR va WOO/BNB savdo juftliklarining sotuvi to‘xtatiladi. Binance, foydalanuvchilarga ushbu aktivlarni platformada mavjud bo'lgan boshqa savdo juftliklarida savdo-sotig'i davom ettirishini aytib o'tgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Qozog'iston hukumati Coinbasega kirishni blokladi

    Qozog'iston hukumati Coinbasega kirishni blokladi #coinbase 3 min read 07/11/23, 11:43 ​ Qozog'iston madaniyat va axborot vazirligi Coinbase veb-saytini mamlakatda bloklaganligini rasman tasdiqladi. Qozog'iston hukumati sentyabr oyidan beri mahalliy IP-manzillarning Coinbasega kirishini to'sib qo'ygan edi. Kursiv mahalliy yangiliklar nashrining 7-noyabrdagi xabariga ko'ra, coinbase veb-saytiga kirish madaniyat va axborot vazirligining buyrug'i bilan bloklangan. Vazirlik vakillari jurnalistlarga bu so'rov boshqa davlat organi - Raqamli Rivojlanish Vazirligidan kelganini aytishdi. Tashkilot Coinbaseni raqamli aktivlar to'g'risidagi qonunni buzganlikda ayblagan. 2023-yil fevral oyida kuchga kirgan raqamli aktivlar to'g'risidagi qonun raqamli valyutalarni chiqarish va sotishni hamda milliy litsenziyasiz kriptobirja operatsiyalarini taqiqlaydi. Faoliyatni amalga oshirish uchun asosiy ruxsatnoma Qozog'istonning maxsus iqtisodiy zonasi bo'lgan Astana xalqaro moliya markazi (MFCA) ma'muriyati tomonidan beriladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Tailand hukumatining kripto-aktivlarga nisbatan yondashuvi maqtovga sazovor deb aytildi

    Tailand hukumatining kripto-aktivlarga nisbatan yondashuvi maqtovga sazovor deb aytildi #tahlil ​ 23/05/24, 11:30 Foto: bunyaminince Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch cryptonews saytiga bergan intervyusida Tailandning kriptovalyuta sanoatini tartibga solish yo‘nalishini muhokama qildi Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) firibgarlik va pul yuvish bilan bog‘liq muammolarni keltirib, litsenziyasiz kripto faoliyatini cheklash uchun o‘zining me’yoriy bazasini kuchaytirishini e’lon qildi. Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) o‘tgan oyda litsenziyasiz kripto birjalariga kirishni taqiqlagan edi. Bundan tashqari, Tailandda Bitcoin ETFlari ham taqiqlangan bo‘lib, faqatgina litsenziyaga ega kripto-birjalarda kripto-operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch Tailand qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasining litsenziyasiz kripto platformalariga qarshi so‘nggi harakatlari kriptovalyuta savdosi uchun tartibga solinadigan muhitni ta’minlash orqali investor ishonchini va bozor barqarorligini mustahkamlashga qaratilganligini ta’kidlab, bo‘layotgan islohotlarni qo‘llab quvvatlashini aytib o‘tdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi

    Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi #ETF 3 min read 19/01/24, 12:28 Foto: Cointelegraph Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi. Ishga tushganidan keyin bir haftadan kamroq vaqt o'tgach, Bitcoin birja fondlari (Bitcoin ETF) boshqaruv ostidagi aktivlar (AUM) bo'yicha ikkinchi eng yirik ETF tovari sifatida AQSHdagi kumush ETFlaridan o'zib ketdi. The Block xabariga ko'ra, Bitcoinning AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylanishi Bitcoin bozori uchun muhim bosqichni ko'rsatadi. Ushbu yutuq BTCga ta'sir qilishni istaydigan institutsional va chakana investorlarning ortib borayotgan talabi bilan bog'liqdir. Ma'lumot uchun, 28 milliard dollardan ortiqni tashkil qiluvchi spot Bitcoin ETFlari, hozirgi vaqtda 11,5 milliard dollarga ega boʻlgan 5 ta kumush ETFlaridan 1 hafta ichida o'zib ketdi. Bitfinexning derivativlar bo‘limi rahbari Jag Kooner The Block nashriga bergan intervyusida Bitcoin ETF-lari katta bozordagi qiziqish tufayli AQShdagi kumush ETF’lardan savdo hajmi jihatidan oshib ketdi, va bu savdo darajasi ushbu mahsulotlarga bo'lgan talabni aks ettiradi va biz bu bozorda likvidlik va barqarorlikni oshirishga olib keladi deb umid qilamiz, - deb aytdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Yaponiyaning yirik kompaniyasi Bitcoinni zaxira aktivi sifatida qabul qilishini e’lon qildi

    Yaponiyaning yirik kompaniyasi Bitcoinni zaxira aktivi sifatida qabul qilishini e’lon qildi #bitcoin ​ 14/05/24, 07:58 Foto: tadviser Yaponiya iqtisodidagi turg‘unlik sabab Bitcoinni o‘zining zaxira aktivlari qatoriga kiritdi. Metaplanet kompaniyasi hozirda, kompaniya qiymati hozirgi kursda 7,2 million dollarga teng 117,7 ta Bitcoinga egalik qiladi. Oxirgi paytlarda, Yaponiya iyenasi sezilarli darajada qadrsizlanib,o‘zining tarixiy oxirgi 34 yildagi maksimumini yangilab, 1 dollar uchun 160 iyena miqdorigacha qadrsizlangan edi. Ushbu vaziyatda Metaplanet kompaniyasi kripto-aktivlar iqtisodiy turg‘unliklardan chiqishga yordam beradigan aktiv bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi. Metaplanet kompaniyasi xodimi “Bitcoinning pul-kredit siyosati 2140-yilgacha qattiq o‘rnatilgan bo‘lib, bu uni markazlashgan ishlab chiquvchilar jamoalarining xohish-istaklari asosida boshqariladigan vositalardan ajratib turadi va faqatgina 21 000 000 BTC mavjud ekanligi bilan boshqa aktivlardan keskin farq qiladi" deb ta’kidlagan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Efiopiya Bitcoin ishlab chiqarish markaziga aylamoqda

    Efiopiya Bitcoin ishlab chiqarish markaziga aylamoqda #maxsus_rukn ​ 09/02/24, 12:00 Foto: inrrub.com Efiopiya, ayniqsa, Xitoy 2021-yilda Bitcoin ishlab chiqarishni taqiqlaganidan keyin, bu davlat Bitcoin ishlab chiqarish uchun tobora ommabop joyga aylanib bormoqda. Efiopiya kriptovalyuta savdosi rasman taqiqlanganiga qaramay, 2022-yildan boshlab Bitcoin ishlab chiqarish faoliyatiga ruxsat berdi. Bitcoin ishlab chiqarish - bu Bitcoinning yangi birliklarini muomalaga kiritish va asosiy blokcheynni ta’minlash jarayoni. Bu jarayon yuqori quvvat sarfini talab qiladi va Efiopiya dunyodagi elektr energiyasi narxi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida uchun jozibador joyga aylanib bormoqda. Mamlakat so‘nggi o‘n yil ichida Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlashi natijasida ko‘plab xitoylik Bitcoin ishlab chiqaradigan kompaniyalar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 4,8 milliard dollarlik to‘g‘on qurilishiga iqtisodiy jihatdan yordam berdi. Bitcoin ishlab chiqarish sanoati boshqa energiya talab qiladigan tarmoqlardan farq qiladi, chunki ishlab chiqarish talab, joylashuv markazi va logistikaga bog‘liq emas. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha arzon energiya manbalariga intilishadi. Misol uchun, Norvegiya 2021-yilda dunyodagi Bitcoin ishlab chiqaruvchilarini butunlay gidroelektr energiyasi bilan ta’minlagan. Xitoyning blockchain uyushmasi asoschisi Nuo Xuning aytishicha, Efiopiya xitoylik konchilar uchun muhim markazga aylanadi. Rossiya ham xuddi shunday vaziyatda. Eng qizig‘i ikki davlat ham Bitcoin ishlab chiqarishga ruxsat beradi, lekin kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida ishlatishni taqiqlaydi. Ma’lumot uchun, Bitcoin qazib olish bilan bog‘liq xavflar regulyatorlar uchun qiyin muvozanatni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar katta daromad olish potensialga ega bo‘lsalar-da, ular talab yuqori bo‘lgan davrda elektr tarmoqlarini zo‘riqishi yuz berishi mumkin. Qozog‘iston va Eron kabi davlatlar bu sababli energiya iste’moli tufayli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page