top of page

613 items found for ""

  • Ripple Gruziya Markaziy bankining raqamli valyutasini (raqamli larini) ishga tushiradi.

    Ripple Gruziya Markaziy bankining raqamli valyutasini (raqamli larini) ishga tushiradi. Gruziya 3 min read 03/11/23, 11:00 Foto: Cointelegraph Gruziya Milliy banki hukumat, biznes va chakana foydalanuvchilar uchun raqamli larining afzalliklarini baholashda CBDC platformasidan foydalanadi. Gruziya Milliy banki (NBG) Ripple Labs blockchain to'lov tarmog'ini rasmiy texnologik hamkor sifatida tanladi. Ripple bayonotida aytilishicha, hamkorlik Ripple CBCD platformasi orqali raqamli lari pilot loyihasini amalga oshirishdan iborat. Milliy bank ushbu innovatsion CBDC platformasidan raqamli larining potentsial qo'llanilishini baholash, uning davlat sektori, korxonalar va individual foydalanuvchilar uchun afzalliklarini aniqlashda foydalanadi. Sentyabr oyida Gruziya Milliy banki Real vaqt rejimida cheklangan kirish pilot muhitini joriy etish orqali CBDC loyihasini ilgari surish niyatini e'lon qildi. Jarayonning dastlabki bosqichida Gruziya Milliy banki texnologik mahorati, imkoniyatlari, tegishli tajribasiga ko'ra to'qqizta firmani tanlaganda, Ripple ham ular orasida edi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi.

    Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi. #NFT 2 min read 18/12/23, 07:23 ​ Donald Trump yangi "Mugshot" NFTlarini kartochka ko'rinishida taqdim etdi. Ularning boshlang'ich narxi 99$. 47 ta yoki undan ortiq NFT sotib olganlar ( bu raqam AQSH prezidentlari soniga ishora) Trump bilan Mar-A-Lago qarorgohida birga kechki ovqat qilishi imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Bundan tashqari u kiygan kostyumni olishlari ham mumkin bo'ladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Janubiy Koreyada firma rahbari mijozlarning pullarini o‘g‘irlab kriptoga sarmoya kiritib yuborgani oshkor bo'ldi

    Janubiy Koreyada firma rahbari mijozlarning pullarini o‘g‘irlab kriptoga sarmoya kiritib yuborgani oshkor bo'ldi Kriptovalyuta ​ 12/03/24, 06:14 Foto:Glassnode Janubiy Koreyalik yuridik firma operatori 11-mart kuni Pusanda kripto investitsiyalariga sarflash uchun mijozlarning pullarini o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, qamoqqa tashlandi. Bu haqda cryptonews nashri xabar beradi. Holat bo‘yicha ushbu qilmish Pusan tuman sudi jinoiy ishlar bo‘limida ko‘rib chiqilgan. Sud 50 yoshlardagi ismi oshkor etilmagan shaxsni 20 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Yuridik firma rahbari 2021-yil 27-dekabrda 170 ming dollarni o‘g‘irlagan, deya xabar beradi sud. Prokurorlarning aytishicha, firma rahbari kompaniya hisobidan ularning shaxsiy bank hisobiga pul o‘tkazgan. Ayblanuvchi o‘ziga ishonib topshirilgan pul mablag‘larini rastrata qilgan. Bir qismini kriptovalyutalarga aylantirgan. Tuman sudi 11-jinoiy ishlar bo‘limi sudyasi Chjon Sun Yol raislik qiluvchi sudya shunday dedi: “Etkazilgan zarar miqdori katta. Va o‘g‘irlangan pullarning hech biri qaytarib olinmadi. Shu omillarni hisobga olgan holda, bu ishda qattiq jazo berishdan boshqa ilojim yo‘q”. Kriptovalyutalar orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari Janubiy Koreyada ko‘paymoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida Janubiy Koreya politsiyasi 80 dan ortiq kriptovalyutalar firibgarligida gumon qilingan shaxslarni ushladi. Hukumat qattiq choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda. Anonim kripto operatsiyalarni taqiqlanganligi bunga yaqqol misol. Avvalroq, kripto firibgarlik uchun Janubiy Koreyada umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • OKX kripto birjasi Singapurda kripto xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi

    OKX kripto birjasi Singapurda kripto xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi kriptovalyuta ​ 13/03/24, 10:18 istockphoto Mashhur kriptobirjalardan biri bo‘lgan OKX birjasi Singapur davlatida faoliyat ko‘rsatish uchun chorshanba kuni Singapur markaziy bankidan raqamli aktivlar litsenziyasi uchun prinsipial rozilik olganini aytdi. Bu OKX birjasi uchun mamlakatlarda o‘zining meyoriy huquqiy bazasini yaratishda muhim qadam hisoblanadi. "Singapur - ustuvor bozor va biz bu erga bir muncha vaqtdan beri sarmoya kiritmoqdamiz", dedi OKX prezidenti Xong Fang bayonotida. "Singapur markaziy banki printsipial roziligi nafaqat bizning bugungi kunga bo‘lgan majburiyatimizni tasdiqlash, balki Singapur kripto ekotizimiga mas’uliyatli hissa qo‘shuvchi sifatida davom etishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir" deya qo‘shimcha qildi Xong Fang. Avvalroq, OKX birjasi O‘zbekistonda 30-mart sanasidan boshlab rezidentlariga mahalliy qonunlar sabab xizmat ko‘rsatishni to‘xtatganligini aytib o‘tgandik. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Binance 8 ta altkoin juftini delist qilishini e’lon qildi

    Binance 8 ta altkoin juftini delist qilishini e’lon qildi binance ​ 24/01/24, 09:05 Foto: koinbulteni Bugun e’lon qilingan rasmiy bayonotga ko‘ra , Binance COMBO (COMBO), Curve (CRV), IOST (IOST), NEO (NEO), QuarkChain (QKC), Quickswap (QUICK), THORChain (RUNE) va WOO (WOO) kriptovalyutalarning ba'zi juftlarini spot tranzaktsiyalar savdosidan chiqarib tashlashini e’lon qildi. 26-dekabr kuni soat 08:00’dan boshlab COMBO/BNB, CRV/ETH, IOST/ETH, NEO/ETH, QKC/ETH, QUICK/TUSD, RUNE/EUR va WOO/BNB savdo juftliklarining sotuvi to‘xtatiladi. Binance, foydalanuvchilarga ushbu aktivlarni platformada mavjud bo'lgan boshqa savdo juftliklarida savdo-sotig'i davom ettirishini aytib o'tgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Qozog'iston hukumati Coinbasega kirishni blokladi

    Qozog'iston hukumati Coinbasega kirishni blokladi #coinbase 3 min read 07/11/23, 11:43 ​ Qozog'iston madaniyat va axborot vazirligi Coinbase veb-saytini mamlakatda bloklaganligini rasman tasdiqladi. Qozog'iston hukumati sentyabr oyidan beri mahalliy IP-manzillarning Coinbasega kirishini to'sib qo'ygan edi. Kursiv mahalliy yangiliklar nashrining 7-noyabrdagi xabariga ko'ra, coinbase veb-saytiga kirish madaniyat va axborot vazirligining buyrug'i bilan bloklangan. Vazirlik vakillari jurnalistlarga bu so'rov boshqa davlat organi - Raqamli Rivojlanish Vazirligidan kelganini aytishdi. Tashkilot Coinbaseni raqamli aktivlar to'g'risidagi qonunni buzganlikda ayblagan. 2023-yil fevral oyida kuchga kirgan raqamli aktivlar to'g'risidagi qonun raqamli valyutalarni chiqarish va sotishni hamda milliy litsenziyasiz kriptobirja operatsiyalarini taqiqlaydi. Faoliyatni amalga oshirish uchun asosiy ruxsatnoma Qozog'istonning maxsus iqtisodiy zonasi bo'lgan Astana xalqaro moliya markazi (MFCA) ma'muriyati tomonidan beriladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Tailand hukumatining kripto-aktivlarga nisbatan yondashuvi maqtovga sazovor deb aytildi

    Tailand hukumatining kripto-aktivlarga nisbatan yondashuvi maqtovga sazovor deb aytildi #tahlil ​ 23/05/24, 11:30 Foto: bunyaminince Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch cryptonews saytiga bergan intervyusida Tailandning kriptovalyuta sanoatini tartibga solish yo‘nalishini muhokama qildi Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) firibgarlik va pul yuvish bilan bog‘liq muammolarni keltirib, litsenziyasiz kripto faoliyatini cheklash uchun o‘zining me’yoriy bazasini kuchaytirishini e’lon qildi. Tailandning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) o‘tgan oyda litsenziyasiz kripto birjalariga kirishni taqiqlagan edi. Bundan tashqari, Tailandda Bitcoin ETFlari ham taqiqlangan bo‘lib, faqatgina litsenziyaga ega kripto-birjalarda kripto-operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Bittrex Global bosh direktori Oliver Linch Tailand qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasining litsenziyasiz kripto platformalariga qarshi so‘nggi harakatlari kriptovalyuta savdosi uchun tartibga solinadigan muhitni ta’minlash orqali investor ishonchini va bozor barqarorligini mustahkamlashga qaratilganligini ta’kidlab, bo‘layotgan islohotlarni qo‘llab quvvatlashini aytib o‘tdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi

    Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi #ETF 3 min read 19/01/24, 12:28 Foto: Cointelegraph Bitcoin kumushdan oshib ketib, AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylandi. Ishga tushganidan keyin bir haftadan kamroq vaqt o'tgach, Bitcoin birja fondlari (Bitcoin ETF) boshqaruv ostidagi aktivlar (AUM) bo'yicha ikkinchi eng yirik ETF tovari sifatida AQSHdagi kumush ETFlaridan o'zib ketdi. The Block xabariga ko'ra, Bitcoinning AQShdagi ikkinchi eng yirik ETF tovariga aylanishi Bitcoin bozori uchun muhim bosqichni ko'rsatadi. Ushbu yutuq BTCga ta'sir qilishni istaydigan institutsional va chakana investorlarning ortib borayotgan talabi bilan bog'liqdir. Ma'lumot uchun, 28 milliard dollardan ortiqni tashkil qiluvchi spot Bitcoin ETFlari, hozirgi vaqtda 11,5 milliard dollarga ega boʻlgan 5 ta kumush ETFlaridan 1 hafta ichida o'zib ketdi. Bitfinexning derivativlar bo‘limi rahbari Jag Kooner The Block nashriga bergan intervyusida Bitcoin ETF-lari katta bozordagi qiziqish tufayli AQShdagi kumush ETF’lardan savdo hajmi jihatidan oshib ketdi, va bu savdo darajasi ushbu mahsulotlarga bo'lgan talabni aks ettiradi va biz bu bozorda likvidlik va barqarorlikni oshirishga olib keladi deb umid qilamiz, - deb aytdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Yaponiyaning yirik kompaniyasi Bitcoinni zaxira aktivi sifatida qabul qilishini e’lon qildi

    Yaponiyaning yirik kompaniyasi Bitcoinni zaxira aktivi sifatida qabul qilishini e’lon qildi #bitcoin ​ 14/05/24, 07:58 Foto: tadviser Yaponiya iqtisodidagi turg‘unlik sabab Bitcoinni o‘zining zaxira aktivlari qatoriga kiritdi. Metaplanet kompaniyasi hozirda, kompaniya qiymati hozirgi kursda 7,2 million dollarga teng 117,7 ta Bitcoinga egalik qiladi. Oxirgi paytlarda, Yaponiya iyenasi sezilarli darajada qadrsizlanib,o‘zining tarixiy oxirgi 34 yildagi maksimumini yangilab, 1 dollar uchun 160 iyena miqdorigacha qadrsizlangan edi. Ushbu vaziyatda Metaplanet kompaniyasi kripto-aktivlar iqtisodiy turg‘unliklardan chiqishga yordam beradigan aktiv bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi. Metaplanet kompaniyasi xodimi “Bitcoinning pul-kredit siyosati 2140-yilgacha qattiq o‘rnatilgan bo‘lib, bu uni markazlashgan ishlab chiquvchilar jamoalarining xohish-istaklari asosida boshqariladigan vositalardan ajratib turadi va faqatgina 21 000 000 BTC mavjud ekanligi bilan boshqa aktivlardan keskin farq qiladi" deb ta’kidlagan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Nima uchun kriptovalyuta birjasini to'g'ri tanlash muhim?

    Nima uchun kriptovalyuta birjasini to'g'ri tanlash muhim? Maxsus rukn 3 min read 13/10/23, 04:55 Foto: Freepik Birjani tanlashda qanday mezonlarga amal qilish kerak? Ba'zi savdo platformalari keng qamrovli valyuta tanlovi bilan ajralib tursa, ba’zilari foydalanuvchilarga qulay interfeys, yana boshqalari - ilg'or funksionallik va turli xil texnik va grafik tahlil vositalari yoki kengaytirilgan xavfsizlik sozlamalari bilan ajralib turadi. Bir qator birjalar mavjud va tanlov individual masala. Shunga qaramay, savdo maydonchasini tanlashda e'tibor berishingiz kerak bo'lgan asosiy mezonlar quyidagilardir: birja nufuzi (notanish birjaga mablag' qo'yishdan oldin, bitcointalk yoki Reddit kabi forumlarda bu haqida sharhlarni o'qib chiqish yaxshiroqdir); komissiyalar, foydalanuvchi raqamli valyutani xarid qilganda yoki sotganda, foydalanuvchi birjaga komissiya to'laydi (bu turli platformalarda farq qilishi mumkin, lekin odatda 0,1-0,25% oralig'ida bo'ladi); savdo juftliklari soni (ba'zi foydalanuvchilar "top 10" dan yuqori likvidli kriptovalyutalar bilan savdo qilishni afzal ko'radilar, boshqalari esa o'zgaruvchan va kamroq likvidli altkoinlar bilan savdo qilishni afzal ko'radilar); to'lov usullari (ba'zi birjalar ko'plab to'lov usullarini, shu jumladan bank o'tkazmalarini qo'llab-quvvatlaydi, boshqalari esa faqat kriptovalyutada mablag'larni kiritish va yechib olish imkoniyatini beradi); Foydalanuvchilarni tekshirishga qo'yiladigan talablar (ba'zi birjalar, masalan, Poloniex yoki Bittrex, juda qattiq talablarni qo'yadi, boshqalari (masalan, Binance) tasdiqlanmagan mijozlarga ma'lum bir kunlik aylanma chegarasi bilan savdo qilish imkonini beradi. Qo`shimcha mezonlar birja joylashgan mamlakat (masalan, Yaponiya va Janubiy Koreya fond birjalari boshqa mamlakat foydalanuvchilarini rad etishi mumkin); foydalanuvchi interfeysining qulayligi; texnik va grafik tahlil qilish uchun turli vositalarning mavjudligi; operatsiyalar bo'yicha qulay statistik ma'lumotlarning mavjudligi; marja savdosi imkoniyati (va buning natijasida boshqa birja ishtirokchilariga kredit berishdan passiv daromad olish imkoniyati) va boshqalar. Binance haqida nima deyish mumkin? Ushbu savdo platformasi qolgan birjalarga qaraganda yangi, ammo u kunlik savdo hajmi bo'yicha doimiy ravishda yetakchi o'rinni egallab keladi. Binanceda ko'plab altkoinlar mavjud (300 dan ortiq) va tangalar ro'yxati doimiy ravishda yangilanadi. Birja interfeysi juda qulay ammo juda ko'p xavfsizlik sozlamalari mavjud. Birja shuningdek, o'z tokeniga ega - Binance Coin (BNB), bu sizga savdo komissiyalarini tejash imkonini beradi. 2018-yil aprel oyida bozor kichik balanslarni (“BNBga aylantirish”) o‘z tokenlaringizga aylantirish imkoniyatini qo‘shdi. Binance ham yangi boshlanuvchilar, ham professionallar orasida mashhur birja hisoblanadi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • NFT nima ?

    NFT nima ? Maxsus rukn 2 min read 12/10/23, 18:31 Foto: Freepik NFT (inglizcha "non-fungible token" so'zining qisqartmasi) - bu turli xil raqamli obyektlarning mulk ekanini ifodalovchi almashtirilmaydigan token. Bu matn, tasvir, audio yozuv, raqamli san'at asarlari, o'yin elementlari yoki belgilar, domen nomlari, moliyaviy vositalar, klub kartalari va hokazolar bo`lishi mumkin. Agar kriptovalyutalar shartli ravishda almashtirilishi mumkin bo'lsa - masalan, bitta foydalanuvchining hamyonidagi bitta bitkoin boshqa foydalanuvchining hamyonidagi bitta bitkoinga teng va bir xil bo'ladi. Ammo rasmni ifodalovchi bitta NFT tokeni boshqa foydalanuvchining bitta NFT tokeniga teng emas, chunki bular turli qiymatlarga ega boʻlgan turli rassomlarning turli rasmlari boʻlishi mumkin. NFT tokenlarining har biri o'ziga xos, ularni nusxalab bo'lmaydi. Ularning har biri aqlli shartnomalarda qayd etilgan identifikatsiya ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Ushbu ma'lumot har bir NFTni boshqasidan farqlaydi. NFT yordamida ishlab chiquvchilar raqamli obyektlarga egalik huquqini ta'minlash muammosini hal qilishdi. Egasi va uning tokenlari haqidagi ma'lumotlar blokcheynda o'rnatiladi. Ma'lumotni almashtirish yoki o'chirish esa imkonsiz. NFT ekotizimi nimadan iborat? NFT loyihalari asosan Ethereum, Flow va WAX tarmoqlarida ishlab chiqilgan. NFTlarni sotib olish va sotish uchun agregatorlar NFT yaratish imkonini beruvchi umumiy reliz protokollari Nishe bozorlari: Bozorlar yoki san'at emitentlari ustunlik qiladi, ammo Mirror kabi NFT bloglari va EulerBeats kabi musiqa bozorlari ham asta-sekin paydo bo'lmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • ETF savdolarining boshlanishi Bitcoin narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi

    ETF savdolarining boshlanishi Bitcoin narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi #bitcoin 3 min read 23/01/24, 06:45 Foto:freepik Bitcoin spot birja investitsiya fondi (ETF) 11-yanvar kuni sotuvga chiqarilganidan keyin Bitcoin narxi taxminan 20 foizga arzonlashdi. Birinchi savdo kunida spot ETF’lari 49 021 dollargacha ko‘tarilgan Bitcoin narxi kecha tunda 39 444 dollarga tushib, 11-yanvardagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan 19,53 foizga pasaydi. Fundstrat Global Advisors raqamli aktivlar strategiyasi rahbari Shon Farrell "Oxirgi ikki hafta ichida Bitcoin, xalqaro valyutalarning ko‘tarilishi va dollarning mustahkamlanishi bilan birgalikda, FTX o‘z aktivlarini bo‘shatganligi sababli GBTC sezilarli sotish bosimiga duch keldi", deb bu holatni izohladi. Ma’lumot uchun, o'tgan hafta FTX birjasi o‘zining Grayscale' dagi (GBTC) barcha 22 million dona aksiyasini, taxminan 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ga sotdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page