top of page

613 items found for ""

  • O`zbekistonda ilk rasmiy onlayn kripto do'kon ishga tushdi.

    O`zbekistonda ilk rasmiy onlayn kripto do'kon ishga tushdi. #paynet 2 min read 18/12/23, 06:38 Foto:blockchaintexno Paynet kompaniyasi O`zbekistonda ilk rasmiy onlayn kripto do'konni ishga tushirdi. Foydalanuvchilar PaynetCrypto.uz saytida ro'yxatdan o'tish orqali platformada kriptoaktivni sotish va sotib olishlari mumkin. Paynet Crypto Turkiya, Janubiy Koreya yoki BAAga tez-tez pul o'tkazadigan tadbirkorlar uchun ham, chet elda ishlaydigan va uyga pul yuboradigan oddiy O'zbekiston fuqarolari uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Avvalroq,O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi "Paynet Crypto" MChJga mamlakatda kriptodepozitariy va kriptodo'kon faoliyatini olib borish bo'yicha litsenziya bergan edi. PaynetCrypto.uz rasmiy ravishda ishlaydi va faqat qonuniy USDTlarni taklif qiladi, foydalanuvchilar uchun ortiqcha xavf tug'dirmaydi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Bitcoin ishlab chiqarish rekord darajada qiyinlashib ketdi

    Bitcoin ishlab chiqarish rekord darajada qiyinlashib ketdi #bitcoin ​ 03/02/24, 07:13 Foto: forklog Bitcoin qazib olish qiyinligi 75,50 trillionni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi. Ushbu qiyinchilik darajasi qazib oluvchilar uchun Bitcoin ishlab chiqarish tarixidagi eng qiyin davr hisoblanadi. Mutaxassislar, qazib olish qiyinlashayotganligining asosiy sababi sifatida, tarmoq bloklarini aniqlash vaqtini taxminan 10 daqiqa ushlab turish maqsadida har ikki haftada amalga oshiriladigan tuzatishlarni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Hozirgi qiyinchilik darajasi Bitcoin ishlab chiqaruvchilardan ko‘proq hisoblash kuchi va resurslarini sarflashni talab qiladi. Butun blockchain hamjamiyati orziqib kutayotgan to‘rtinchi HALVING‘dan keyin Bitcoin ishlab chiqarish yana ham keskin kamayib ketishi kutilmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Coinbase Bitcoin o‘sishini kapitallashtirish uchun yangi rejasini e’lon qildi

    Coinbase Bitcoin o‘sishini kapitallashtirish uchun yangi rejasini e’lon qildi Coinbase ​ 13/03/24, 11:01 Foto: Reuters Coinbase kriptovalyuta birjasi 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni sotish orqali mablag‘ to‘plashni rejalashtirmoqda. Bu operatsiyadan olingan daromadlar mavjud qarzlarni to‘lash va operatsion xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlandi. Sotiladigan obligatsiyalar 2030-yilda tugashi aytilgan bo‘lsa-da, investorlar dastlabki 30 kun ichida qo‘shimcha 150 million dollarlik obligatsiya sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Obligatsiyalarni sotib olgan investorlar kelajakda ularni Coinbase aksiyalariga aylantirishi mumkin. Agar aksiya narxi o‘sishda davom etsa investorlarning qo'shimcha potensial daromad olishlariga olib keladi. Ma’lumot uchun, kriptolarning narxi jiddiy ravishda o‘sishi bilan birgalikda Coinbase aksiyalarining narxi ham sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunda kompaniya 61,58 milliard dollarlik bozor kapitaliga erishdi. Eslatib o‘tamiz, eng yirik korporativ bitkoin kiti MicroStrategy yaqinda 800 million dollarlik obligatsiyalarni sotish orqali Bitcoin sotib olganini e’lon qildi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Fyuchers nima?

    Fyuchers nima? Maxsus rukn 2 min read 13/10/23, 05:01 Foto: Freepik Fyuchers - bu fond birjalarida xom ashyo tovarlari, kriptovalyuta, qimmatli qog’ozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda kelajakda sotish yoki sotib olish shartnomasi. Shartnoma tuzilgandan so'ng, tomonlar fyuchers muddati tugagan sanadagi bozor narxidan qat'i nazar, uning shartlarini bajarishlari shart. Fyucherslar bilan ishlashda siz uzoq va qisqa muddatli pozitsiyalarni ochishingiz mumkin. Birinchi holda, treyder kelajakda aktivni ma'lum bir narxda sotib olishga rozi bo'ladi, ikkinchisida - shartnoma muddati tugagan kuni asosiy aktiv sotiladi. Fyuchers nima uchun kerak? Bu moliyaviy vositalar (derivativlar) birinchi navbatda spekulyativ foyda olish uchun ishlatiladi. Fyucherslar yordamida treyder yordamida ham uzoq, ham qisqa pozitsiyalarni ochishi mumkin. Misol uchun, bitkoin maynerlari uchun asosiy xavf kriptovalyuta narxining foydasiz bo'ladigan darajaga tushishi, ya'ni elektr energiyasi tannarxi qazib olingan tangalardan olinadigan daromaddan oshadi. O'z biznesini xavfsiz saqlash uchun mayner mavjud bitkoinlar miqdori bo'yicha fyucherslarni sotishi mumkin. Agar kriptovalyuta kursi sezilarli darajada pasaysa, fyucherslar qisqa muddatli bitimdan olingan foyda hisobidan aktiv narxining pasayishidan yuzaga keladigan yo'qotishlar oldini oladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Germaniyaning uchinchi yirik banki (DZ bank) o'zining blokcheynga asoslangan platformasini ishga tushirdi.

    Germaniyaning uchinchi yirik banki (DZ bank) o'zining blokcheynga asoslangan platformasini ishga tushirdi. Germaniya 2 min read 06/11/23, 10:02 ​ DZ Bank, aktivlari bo'yicha Germaniyadagi uchinchi yirik bank, o'zining blokcheynda qurilgan raqamli aktivlarni saqlash platformasini ishga tushirdi. 2-noyabrdagi e'longa ko'ra, platforma hozircha faqat institutsional mijozlar bilan ishlaydi va ularga olti oy oldin DZ Bank imzolagan Siemens kripto obligatsiyalari kabi kripto qimmatli qog'ozlarini taklif qiladi. "Kelgusi o'n yil ichida kapital bozoridagi biznesning katta qismi blokcheyn texnologiyasiga asoslangan infratuzilmalar orqali qayta ishlanishiga ishonamiz. Biz blokcheynni kapital bozoridagi mavjud infratuzilmani to'ldiruvchi texnologiya sifatida ko'ramiz", deydi bank mutasaddisi. Bank, shuningdek, institutsional investorlar va xususiy mijozlarga kelajakda Bitkoin kabi kriptovalyutalarni sotib olish imkoniyatini taklif qilishga umid qilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun DZ 2023 yil iyun oyida Germaniya federal moliyaviy nazorat idorasida kriptovalyutalarni saqlash uchun litsenziyaga ariza berdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Grayscale kompaniyasining bitcoin sotishlari kamaydi

    Grayscale kompaniyasining bitcoin sotishlari kamaydi #tahlil ​ 25/01/24, 12:11 Foto:Glassnode BitMEX Research ma’lumotlariga ko‘ra, GBTC sotuvi 24-yanvar kuni 429 million dollarni tashkil etgan, bu Grayscale’ning bitcoin ETF'si tasdiqlanganidan keyingi eng kichik kunlik sotishi hisoblanadi. Bloomberg tahlilchisi Erik Balchunas o‘zining oxirgi twitida, GBTC jabhasidagi bu ommaviy sotuv qachon to‘xtashini aniqlash uchun hali juda erta ekanligini aytib o‘tgan. Ma’lumot uchun, Grayscale oxirgi to‘qqiz savdo kunida taxminan 4,4 milliard dollarlik 106 092 bitcoin sotgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Binance 6 ta kriptovalyutani delist qilmoqda

    Binance 6 ta kriptovalyutani delist qilmoqda binance ​ 31/01/24, 07:34 Foto: koinbulteni Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance 6 ta savdo juftini spot tranzaktsiyalardan chiqarib tashlashini e’lon qildi. 31-yanvar, chorshanba kungi rasmiy bayonotida Binance 6 ta savdo juftini Biswap (BSW), Kava (KAVA), Secret (SCRT), Synthetix (SNX), UniLend Finance (UFT) va Wanchain (WAN) spot operatsiyalarining sotuv ro‘yxatidan chiqarishini ma'lum qildi. Bayonotga ko‘ra, Binance BSW/BNB, KAVA/ETH, SCRT/ETH, SNX/BNB, UFT/ETH va WAN/ETH savdo juftliklarini 2-fevral kuni soat 08:00 dan boshlab spot tranzaksiyalardan olib tashlaydi va savdosini to‘xtatadi. Binance shuningdek, foydalanuvchilar ushbu aktivlarni platformada mavjud bo'lgan boshqa savdo juftliklarida savdo qilishda davom ettirishlari mumkinligini aytib o'tgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • NAPP va Tether kompaniyasi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi

    NAPP va Tether kompaniyasi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi #tether 2 min 07/03/24, 10:52 Foto: Tether X sahifasi Hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda hamkorlik qiladi, deb xabar berdi NAPP matbuot xizmati. Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Tether stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish hamda raqamli moliya sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning USDT tokeni barqaror tokenlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, xalqaro kripto-birjalarda kapitallashuv va aylanma bo‘yicha eng yaxshi uchta kripto-aktivlar qatoriga kiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Blokcheynning qanday turlari mavjud?

    Blokcheynning qanday turlari mavjud? Blockchain ​ 28/06/24, 12:12 iStock Blokcheyn - bu ma’lumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash va almashish imkonini beruvchi innovatsion texnologiya. Bugungi kunda blokcheynning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsadlarga xizmat qiladi. 1. Ommaviy blokcheynlar - nomi aytib turganidek, hamma uchun ochiq bo‘lgan dasturlar hisoblanadi. Bitcoin va Ethereum bu turdagi blokcheynlarning eng mashhur misollaridir. Ular markazlashtirilmagan bo‘lib, har kim unda hisob yaratishi, tranzaksiyalarni amalga oshirishi va bloklarni tasdiqlash orqali mayning qilishi mumkin. Ommaviy blokcheynlarning asosiy afzalligi ularning shaffofligi va xavfsizligidir. Sababi, blokcheynga yozilgan har qanday ma’lumot istalgan odam uchun ochiq bo‘ladi va bloklarga yozilayotgan ma’lumotni o‘chirishni iloji bo‘lmaydi. 2. Xususiy blokcheynlar - faqat ma’lum bir tashkilot yoki guruh tomonidan boshqariladi va foydalaniladi. Bunday tizimlar ko‘pincha korporativ muhitda qo‘llaniladi. Xususiy blokcheynlar yuqori darajadagi nazorat va maxfiylikni ta’minlaydi va qisman markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lishi mumkin. 3. Konsorsium blokcheynlari - bir nechta tashkilotlar tomonidan birgalikda boshqariladi. Bu turdagi blokcheynlar yarim-markazlashgan hisoblanadi va ko‘pincha turli sohalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun ishlatiladi. Masalan, bank va moliya sohasida bunday tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Bir nechta bank birlashib, o‘z orasidagi pul o‘tkazmalarini tezlashtirish uchun blokcheyn tizimi yaratishi mumkin. Bu nafaqat banklarning ishini osonlashtiradi, balki mijozlar uchun ham qulaylik yaratadi. 4. Gibrid blokcheynlar - ommaviy va xususiy blokcheynlarning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ular ma’lum darajada ochiqlikni ta’minlagan holda, ayrim ma’lumotlarni xususiy saqlash imkonini beradi. Bu esa ko‘plab kompaniyalar uchun maqbul yechim bo‘lib xizmat qilmoqda. Gibrid blokcheyniga savdo-sotiq moliyasi va ta’minot zanjiri boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritadigan XDC Network blokcheyni misol bo‘la oladi. Blokcheyn texnologiyasi qaysi sohaga shaffoflik ta’minlash kerak bo‘lsa, shu sohani rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Blokcheyn moliya, ta’minot zanjiri, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarda inqilob yaratish potensialiga ega. Har bir blokcheyn turi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqchi bo‘lgan tashkilotlar o‘z ehtiyojlari va maqsadlariga qarab eng mos turni tanlashlari muhim. Kelajakda, blokcheyn texnologiyasi rivojlanishi bilan uning yangi turlari paydo bo‘lishi kutilmoqda, bu esa blokcheynning qo‘llanilish sohalarini yanada kengaytiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi

    MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi MicroStrategy ​ 05/03/24, 11:30 Foto: Reuters BTC ning eng yirik institutsional egasi MicroStrategy ko‘proq Bitcoin sotib olish dasturi doirasida 600 million dollar yig‘ishga tayyorlanmoqda. Kompaniya bu xabarni 4-mart kuni bergan bayonotida tasdiqlab, mablag‘lar yuqori konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar ko‘rinishida chiqarilishini e’lon qilgan. MicroStrategy kompaniyasi obligatsiyalarni sotishdan tushgan sof tushumdan umumiy korporativ maqsadlarda ko‘proq bitcoin sotib olish uchun foydalanishni rejalashtirayotganini aytdi. BitcoinTreasuries ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya hozirda joriy narxlarda 13 milliard dollarga teng 193 000 BTCga ega. Ma’lumot uchun MicroStrategy aksiyalari bir oy ichida 172 foizga oshdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi

    Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi Coinbase ​ 29/02/24, 10:19 Foto: Geek Metaverse Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri hisoblangan Coinbase’da yuzaga kelgan texnik muammo foydalanuvchilar orasida xavotir uyg‘otdi. Qisqa muddatli texnik muammo tufayli foydalanuvchilarning balansi 0 dollar bo‘lib ko‘rindi. Coinbase bosh direktori Brayan Armstrongning bayonotiga ko‘ra, muammo birja foydalanuvchilari trafigining ortishi bilan bog‘liq. “Biz tirbandlikni 10 baravar oshirishni modellashtirdik va birjada tushishi mumkin bo‘lgan yukni sinab ko‘rdik. Sinov muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biz avtomatik masshtablash yechimlari va to‘siqlarni bartaraf etish ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak", degan Armstrong. Hozirda birjadagi muammo bartaraf etilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar platformada xarid qilishda, sotishda va o‘z hisoblariga kirishda ma’lum vaqt qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Uniswap nima?

    Uniswap nima? Maxsus rukn 2 min read 13/10/23, 06:07 Foto: Freepik Uniswap - bu ochiq kriptovalyuta birjasi bo'lib, an'anaviy buyurtma modelidan foydalanmasdan Ethereum (ETH) va ERC-20 tokenlarini xavfsiz almashish imkonini beradi. Uniswap tokenlarni smart kontraktlarga birlashtiradi va likvidlik pullarini yaratadi. Platforma ishtirokchilari aktivlarni almashishlari, yangi savdo juftliklarini yaratishlari va komissiya olish uchun bazaga tokenlar qoʻshishlari mumkin. Uniswap qanday yaratilgan? Uniswap protokoli dasturchi Hayden Adams tomonidan yaratilgan. 2018-yil avgust oyida Adams konsepsiyani amalga oshirish uchun Ethereum fondidan 100 000 dollar grant oladi. Adamsga Uniswapni yaratishda Microsoft va Google dasturchilari yordam beradi. 2018 yil mart oyiga kelib, ishlab chiqaruvchilar Uniswapning demo versiyasini taqdim etishdi. 2018-yil 2-noyabrda protokolning to‘liq versiyasi ishga tushirildi. Adams Uniswapni taqdim etar ekan, uning hech qanday markaziy token yoki platforma toʻlovi yoʻqligi, smart kontraktning barcha funksiyalari ochiqligini sanab o`tdi. Uniswap qanday ishlaydi? Uniswap protokoli har qanday foydalanuvchiga Ethereum blokcheynida bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkonini beruvchi bir qator aqlli shartnomalarni o'z ichiga oladi. Texnik jihatdan, bu markazlashmagan birja (DEX). Uniswap likvidlik provayderlari o'rtasida mukofotlarni taqsimlovchi ommaviy vositadir. Platforma ro'yxatdan o'tishni va KYC va AML protseduralaridan o'tishni talab qilmaydi. Har bir token o'zining aqlli shartnomasi va likvidlik bazasiga ega. Istalgan foydalanuvchi ushbu coin bilan savdo qilishi yoki pul mablag'larini likvidlik bazasiga kiritishi mumkin, bunda 0,3% komissiya olinadi. Uniswapda tokenlarni qanday almashish mumkin? Uniswap protokoli uniswap.org interfeysida mavjud. Siz unga MetaMask kabi Ethereum hamyonidan foydalanib ulanishingiz mumkin. Uniswap ochiq manbali aqlli kontrakt protokoli bo'lgani uchun bir nechta foydalanuvchi interfeyslari yaratilgan. Misol uchun, InstaDApp birja interfeysiga kirmasdan Uniswap pullariga mablag' qo'shish imkonini beradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page