top of page

613 items found for ""

  • Blokcheynning qanday turlari mavjud?

    Blokcheynning qanday turlari mavjud? Blockchain ​ 28/06/24, 12:12 iStock Blokcheyn - bu ma’lumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash va almashish imkonini beruvchi innovatsion texnologiya. Bugungi kunda blokcheynning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsadlarga xizmat qiladi. 1. Ommaviy blokcheynlar - nomi aytib turganidek, hamma uchun ochiq bo‘lgan dasturlar hisoblanadi. Bitcoin va Ethereum bu turdagi blokcheynlarning eng mashhur misollaridir. Ular markazlashtirilmagan bo‘lib, har kim unda hisob yaratishi, tranzaksiyalarni amalga oshirishi va bloklarni tasdiqlash orqali mayning qilishi mumkin. Ommaviy blokcheynlarning asosiy afzalligi ularning shaffofligi va xavfsizligidir. Sababi, blokcheynga yozilgan har qanday ma’lumot istalgan odam uchun ochiq bo‘ladi va bloklarga yozilayotgan ma’lumotni o‘chirishni iloji bo‘lmaydi. 2. Xususiy blokcheynlar - faqat ma’lum bir tashkilot yoki guruh tomonidan boshqariladi va foydalaniladi. Bunday tizimlar ko‘pincha korporativ muhitda qo‘llaniladi. Xususiy blokcheynlar yuqori darajadagi nazorat va maxfiylikni ta’minlaydi va qisman markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lishi mumkin. 3. Konsorsium blokcheynlari - bir nechta tashkilotlar tomonidan birgalikda boshqariladi. Bu turdagi blokcheynlar yarim-markazlashgan hisoblanadi va ko‘pincha turli sohalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun ishlatiladi. Masalan, bank va moliya sohasida bunday tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Bir nechta bank birlashib, o‘z orasidagi pul o‘tkazmalarini tezlashtirish uchun blokcheyn tizimi yaratishi mumkin. Bu nafaqat banklarning ishini osonlashtiradi, balki mijozlar uchun ham qulaylik yaratadi. 4. Gibrid blokcheynlar - ommaviy va xususiy blokcheynlarning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ular ma’lum darajada ochiqlikni ta’minlagan holda, ayrim ma’lumotlarni xususiy saqlash imkonini beradi. Bu esa ko‘plab kompaniyalar uchun maqbul yechim bo‘lib xizmat qilmoqda. Gibrid blokcheyniga savdo-sotiq moliyasi va ta’minot zanjiri boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritadigan XDC Network blokcheyni misol bo‘la oladi. Blokcheyn texnologiyasi qaysi sohaga shaffoflik ta’minlash kerak bo‘lsa, shu sohani rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Blokcheyn moliya, ta’minot zanjiri, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarda inqilob yaratish potensialiga ega. Har bir blokcheyn turi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqchi bo‘lgan tashkilotlar o‘z ehtiyojlari va maqsadlariga qarab eng mos turni tanlashlari muhim. Kelajakda, blokcheyn texnologiyasi rivojlanishi bilan uning yangi turlari paydo bo‘lishi kutilmoqda, bu esa blokcheynning qo‘llanilish sohalarini yanada kengaytiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi

    MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi MicroStrategy ​ 05/03/24, 11:30 Foto: Reuters BTC ning eng yirik institutsional egasi MicroStrategy ko‘proq Bitcoin sotib olish dasturi doirasida 600 million dollar yig‘ishga tayyorlanmoqda. Kompaniya bu xabarni 4-mart kuni bergan bayonotida tasdiqlab, mablag‘lar yuqori konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar ko‘rinishida chiqarilishini e’lon qilgan. MicroStrategy kompaniyasi obligatsiyalarni sotishdan tushgan sof tushumdan umumiy korporativ maqsadlarda ko‘proq bitcoin sotib olish uchun foydalanishni rejalashtirayotganini aytdi. BitcoinTreasuries ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya hozirda joriy narxlarda 13 milliard dollarga teng 193 000 BTCga ega. Ma’lumot uchun MicroStrategy aksiyalari bir oy ichida 172 foizga oshdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi

    Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi Coinbase ​ 29/02/24, 10:19 Foto: Geek Metaverse Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri hisoblangan Coinbase’da yuzaga kelgan texnik muammo foydalanuvchilar orasida xavotir uyg‘otdi. Qisqa muddatli texnik muammo tufayli foydalanuvchilarning balansi 0 dollar bo‘lib ko‘rindi. Coinbase bosh direktori Brayan Armstrongning bayonotiga ko‘ra, muammo birja foydalanuvchilari trafigining ortishi bilan bog‘liq. “Biz tirbandlikni 10 baravar oshirishni modellashtirdik va birjada tushishi mumkin bo‘lgan yukni sinab ko‘rdik. Sinov muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biz avtomatik masshtablash yechimlari va to‘siqlarni bartaraf etish ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak", degan Armstrong. Hozirda birjadagi muammo bartaraf etilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar platformada xarid qilishda, sotishda va o‘z hisoblariga kirishda ma’lum vaqt qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Uniswap nima?

    Uniswap nima? Maxsus rukn 2 min read 13/10/23, 06:07 Foto: Freepik Uniswap - bu ochiq kriptovalyuta birjasi bo'lib, an'anaviy buyurtma modelidan foydalanmasdan Ethereum (ETH) va ERC-20 tokenlarini xavfsiz almashish imkonini beradi. Uniswap tokenlarni smart kontraktlarga birlashtiradi va likvidlik pullarini yaratadi. Platforma ishtirokchilari aktivlarni almashishlari, yangi savdo juftliklarini yaratishlari va komissiya olish uchun bazaga tokenlar qoʻshishlari mumkin. Uniswap qanday yaratilgan? Uniswap protokoli dasturchi Hayden Adams tomonidan yaratilgan. 2018-yil avgust oyida Adams konsepsiyani amalga oshirish uchun Ethereum fondidan 100 000 dollar grant oladi. Adamsga Uniswapni yaratishda Microsoft va Google dasturchilari yordam beradi. 2018 yil mart oyiga kelib, ishlab chiqaruvchilar Uniswapning demo versiyasini taqdim etishdi. 2018-yil 2-noyabrda protokolning to‘liq versiyasi ishga tushirildi. Adams Uniswapni taqdim etar ekan, uning hech qanday markaziy token yoki platforma toʻlovi yoʻqligi, smart kontraktning barcha funksiyalari ochiqligini sanab o`tdi. Uniswap qanday ishlaydi? Uniswap protokoli har qanday foydalanuvchiga Ethereum blokcheynida bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkonini beruvchi bir qator aqlli shartnomalarni o'z ichiga oladi. Texnik jihatdan, bu markazlashmagan birja (DEX). Uniswap likvidlik provayderlari o'rtasida mukofotlarni taqsimlovchi ommaviy vositadir. Platforma ro'yxatdan o'tishni va KYC va AML protseduralaridan o'tishni talab qilmaydi. Har bir token o'zining aqlli shartnomasi va likvidlik bazasiga ega. Istalgan foydalanuvchi ushbu coin bilan savdo qilishi yoki pul mablag'larini likvidlik bazasiga kiritishi mumkin, bunda 0,3% komissiya olinadi. Uniswapda tokenlarni qanday almashish mumkin? Uniswap protokoli uniswap.org interfeysida mavjud. Siz unga MetaMask kabi Ethereum hamyonidan foydalanib ulanishingiz mumkin. Uniswap ochiq manbali aqlli kontrakt protokoli bo'lgani uchun bir nechta foydalanuvchi interfeyslari yaratilgan. Misol uchun, InstaDApp birja interfeysiga kirmasdan Uniswap pullariga mablag' qo'shish imkonini beradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • PayPal Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif etadi.

    PayPal Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif etadi. Paypal 2 min read 02/11/23, 06:05 ​ Britaniyaning Moliyaviy nazorat idorasi (FCA) Pay Pal to'lov tizimiga ma'lum kripto xizmatlarini taklif va reklama qilishga ruxsat berdi. To'lov giganti Paypal buyuk Britaniyaning moliyaviy nazorat idorasida kripto xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tdi, deya xabar beradi regulyator veb-sayti. Seshanba kuni reestrga kiritilgan Paypal UK Limited kompaniyasiga "kripto aktivlari bilan muayyan faoliyat"bilan shug'ullanishga ruxsat berilgan. Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif qiluvchi kompaniyalar ro'yxatdan o'tish uchun tasdiqlanishi va FCA qoidalariga rioya qilishlari kerak. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • O‘zbekiston o‘zining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

    O‘zbekiston o‘zining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin O‘zbekiston ​ 14/03/24, 10:52 Foto: avengernews BBC nashrining yozishicha , "Tether" va O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. "Tether" O‘zbekiston moliya tizimida "tezroq, xavfsizroq va arzonroq" pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun amaldagi to‘lov tizimini qayta ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonni mintaqadagi blokcheyn va telekommunikatsiya texnologiyalari markaziga aylantirish, hamda innovatsiya va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan. O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Stablecoin chiqaruvchi "Tether Limited" kompaniyasi O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlikka kelishib olganligi borasida avvalroq xabar bergan edik. Shuningdek, ikki taraf mamlakatdagi raqamli mulkni qonuniy tizimlashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga imzo chekkanlar. Ma'lumot uchun, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ( NAPP ), O‘zbekiston Respublikasidagi yagona regulyator . Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti hisoblanadi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Efiopiya Bitcoin ishlab chiqarish markaziga aylamoqda

    Efiopiya Bitcoin ishlab chiqarish markaziga aylamoqda #maxsus_rukn ​ 09/02/24, 12:00 Foto: inrrub.com Efiopiya, ayniqsa, Xitoy 2021-yilda Bitcoin ishlab chiqarishni taqiqlaganidan keyin, bu davlat Bitcoin ishlab chiqarish uchun tobora ommabop joyga aylanib bormoqda. Efiopiya kriptovalyuta savdosi rasman taqiqlanganiga qaramay, 2022-yildan boshlab Bitcoin ishlab chiqarish faoliyatiga ruxsat berdi. Bitcoin ishlab chiqarish - bu Bitcoinning yangi birliklarini muomalaga kiritish va asosiy blokcheynni ta’minlash jarayoni. Bu jarayon yuqori quvvat sarfini talab qiladi va Efiopiya dunyodagi elektr energiyasi narxi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida uchun jozibador joyga aylanib bormoqda. Mamlakat so‘nggi o‘n yil ichida Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlashi natijasida ko‘plab xitoylik Bitcoin ishlab chiqaradigan kompaniyalar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 4,8 milliard dollarlik to‘g‘on qurilishiga iqtisodiy jihatdan yordam berdi. Bitcoin ishlab chiqarish sanoati boshqa energiya talab qiladigan tarmoqlardan farq qiladi, chunki ishlab chiqarish talab, joylashuv markazi va logistikaga bog‘liq emas. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha arzon energiya manbalariga intilishadi. Misol uchun, Norvegiya 2021-yilda dunyodagi Bitcoin ishlab chiqaruvchilarini butunlay gidroelektr energiyasi bilan ta’minlagan. Xitoyning blockchain uyushmasi asoschisi Nuo Xuning aytishicha, Efiopiya xitoylik konchilar uchun muhim markazga aylanadi. Rossiya ham xuddi shunday vaziyatda. Eng qizig‘i ikki davlat ham Bitcoin ishlab chiqarishga ruxsat beradi, lekin kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida ishlatishni taqiqlaydi. Ma’lumot uchun, Bitcoin qazib olish bilan bog‘liq xavflar regulyatorlar uchun qiyin muvozanatni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar katta daromad olish potensialga ega bo‘lsalar-da, ular talab yuqori bo‘lgan davrda elektr tarmoqlarini zo‘riqishi yuz berishi mumkin. Qozog‘iston va Eron kabi davlatlar bu sababli energiya iste’moli tufayli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Trillion dollarlik sarmoyani boshqaradigan kompaniya Bitcoin’ga o‘z e’tiborini qaratmoqda

    Trillion dollarlik sarmoyani boshqaradigan kompaniya Bitcoin’ga o‘z e’tiborini qaratmoqda #bitcoin ​ 29/01/24, 08:45 Foto: Cointelegraph BlackRock va Fidelity’dan keyin yana bir AQSh giganti Bitcoin spot ETF bozoriga kirishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, 7 trillion dollardan ortiq sarmoya boshqaruviga ega bo‘lgan Charlz Shvab kompaniyasi, Bitcoin ETFlarga yaqin vaqt ichida o‘z mahsulotini ishga tushiradi. AQSH matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, moliyaviy ekspertlar Charlz Shvabning birinchi urinishdayoq Bitcoin ETF sohasida ustunlikka erishishi mumkin. Bloomberg ETF tahlilchisi Erik Balchunasning tahminiga ko‘ra, Charlz Shvabning bu sohaga kech kirishi ularni ETFdagi eng arzon mahsulotga ega kompaniyaga aylantiradi. Chunki kompaniya 0,10 dollarlik komissiya joriy etishni rejalashtirmoqda. Ma’lumot uchun, Fidelity va BlackRock kabi kompaniyalar ETF mahsulotlari uchun komissiya to‘lovini 0,20-0,30 foiz orasigacha qilib belgilagan. Grayscale’de esa bu ko‘rsatkich 1,5 foizni tashkil qiladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • SpaceX oy missiyasi uchun Dogecoin tokenida to‘lov qabul qildi

    SpaceX oy missiyasi uchun Dogecoin tokenida to‘lov qabul qildi Dogecoin ​ 07/02/24, 05:01 Foto: Cointelegraph Geometric Energy Corporation (GEC) bosh direktori Samuel Ridning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi oy missiyasi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni SpaceX’ga Dogecoin'da to‘lagan. Bu oy missiyasi dastlab 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Falcon 9 raketasi o‘z vaqtida tayyor bo‘lmaganligi sababli missiya kechiktirilgan. Elon Mask missiyaning ichida koinotdagi birinchi kriptovalyuta sifatida Dogecoin bo‘lishi kerakligi aytib o‘tgan edi. Ma’lumot uchun, Dogecoin narxi ko‘pincha Maskning bayonotlaridan keyin jiddiy shaklda yuksalgan. Musk Dogecoin’ning eng katta tarafdorlaridan biri bo‘lib, uning ko‘pgina kompaniyalari mashhur memecoinni to‘lov sifatida qabul qilib kelmoqda. Masalan, Tesla mahsulotlarini sotib olish uchun Dogecoin’dan foydalanishlari mumkin. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • NAPP kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog'liq yangi qonun yuzasidan eslatma berdi

    NAPP kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog'liq yangi qonun yuzasidan eslatma berdi #NAPP 2 min read time 19/04/24, 05:20 Foto:NAPP.uz O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy mayning faoliyati uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari 2024-yil 20-apreldan eʼtiboran kuchga kirishini eslatib o‘tdi. Agentlik fuqarolarni javobgarlikka tortilmaslik uchun kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda, milliy provayderlar orqali amalga oshirishga, shuningdek, mayning faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirishga chaqirdi. Bundan tashqari, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishining barcha faktlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazishini maʼlum qildi. Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Yangi ochilgan ikkita kripto-aktiv hamyoni katta miqdorda altcoin sotib oldi

    Yangi ochilgan ikkita kripto-aktiv hamyoni katta miqdorda altcoin sotib oldi altkoin ​ 20/05/24, 09:03 Foto: Reuters Ikkita yangi ochilgan hamyon jami 4 million dollarlik altcoin sotib oldi. Blockchain tahlil platformasi Lookonchain tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki hamyon hafta oxirida BLZ tokenini Binance birjasidan olgan. Noma’lum hamyonlar jami 12,73 million dona BLZ (4,03 million dollarlik) sotib oldi. CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, Bluezelle (BLZ) narxi so‘nggi etti kun ichida 22,83 foizga arzonlashgan. BLZ, Bluzelle kompaniyasining kripto-aktivi bo‘lib Bluzelle tarmog‘ida tranzaksiya to‘lovlarini to‘lash, staking orqali daromad olish va Bluzelle tarmog‘ini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Game Finance (GameFi) uchun mo‘ljallangan Bluzelle Ethereum-da yuqori tranzaksiya to‘lovlari muammosini hal qilishga qaratilgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binence kripto-birjasiga jarima solish to'g'risida qaror qabul qildi.

    O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binence kripto-birjasiga jarima solish to'g'risida qaror qabul qildi. #Binance 3 min read 04/01/24, 08:57 Foto: Blockchain Texno O'zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binence kripto-birjasiga jarima solish to'g'risida qaror qabul qildi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati. Agentlik axborotiga ko'ra Jarima bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari ya'ni 102 millionni tashkil etadi. Agentlik saytida birja bir qator qonun hujjatlarini buzganligi keltirilgan: -Binance O'zbekiston hududida tegishli xizmat ko'rsatuvchi provayder litsenziyasiga ega emasligi; -O'zbekiston fuqarolariga kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgani haqida tasdiqlangan faktlar mavjudligi; -Birjaning O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankida alohida hisobvaraqda saqlanishi zarur bo‘lgan ustav jamg‘armasi mavjud emasligi; -Shaxsiy maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilmayotgani; -“Binance” platformasida operatsiyalar anonim tarzda amalga oshirilishi; -O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron platforma mavjud emasligi kabi bir qator asoslar keltirilgan. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lamasa vakolatli organ sudga ariza berishi mumkin. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page