top of page

613 items found for ""

  • NAPP va Tether kompaniyasi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi

    NAPP va Tether kompaniyasi o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi #tether 2 min 07/03/24, 10:52 Foto: Tether X sahifasi Hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda hamkorlik qiladi, deb xabar berdi NAPP matbuot xizmati. Tether va Agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Tether stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish hamda raqamli moliya sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning USDT tokeni barqaror tokenlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, xalqaro kripto-birjalarda kapitallashuv va aylanma bo‘yicha eng yaxshi uchta kripto-aktivlar qatoriga kiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Blokcheynning qanday turlari mavjud?

    Blokcheynning qanday turlari mavjud? Blockchain ​ 28/06/24, 12:12 iStock Blokcheyn - bu ma’lumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash va almashish imkonini beruvchi innovatsion texnologiya. Bugungi kunda blokcheynning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsadlarga xizmat qiladi. 1. Ommaviy blokcheynlar - nomi aytib turganidek, hamma uchun ochiq bo‘lgan dasturlar hisoblanadi. Bitcoin va Ethereum bu turdagi blokcheynlarning eng mashhur misollaridir. Ular markazlashtirilmagan bo‘lib, har kim unda hisob yaratishi, tranzaksiyalarni amalga oshirishi va bloklarni tasdiqlash orqali mayning qilishi mumkin. Ommaviy blokcheynlarning asosiy afzalligi ularning shaffofligi va xavfsizligidir. Sababi, blokcheynga yozilgan har qanday ma’lumot istalgan odam uchun ochiq bo‘ladi va bloklarga yozilayotgan ma’lumotni o‘chirishni iloji bo‘lmaydi. 2. Xususiy blokcheynlar - faqat ma’lum bir tashkilot yoki guruh tomonidan boshqariladi va foydalaniladi. Bunday tizimlar ko‘pincha korporativ muhitda qo‘llaniladi. Xususiy blokcheynlar yuqori darajadagi nazorat va maxfiylikni ta’minlaydi va qisman markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lishi mumkin. 3. Konsorsium blokcheynlari - bir nechta tashkilotlar tomonidan birgalikda boshqariladi. Bu turdagi blokcheynlar yarim-markazlashgan hisoblanadi va ko‘pincha turli sohalar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun ishlatiladi. Masalan, bank va moliya sohasida bunday tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Bir nechta bank birlashib, o‘z orasidagi pul o‘tkazmalarini tezlashtirish uchun blokcheyn tizimi yaratishi mumkin. Bu nafaqat banklarning ishini osonlashtiradi, balki mijozlar uchun ham qulaylik yaratadi. 4. Gibrid blokcheynlar - ommaviy va xususiy blokcheynlarning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ular ma’lum darajada ochiqlikni ta’minlagan holda, ayrim ma’lumotlarni xususiy saqlash imkonini beradi. Bu esa ko‘plab kompaniyalar uchun maqbul yechim bo‘lib xizmat qilmoqda. Gibrid blokcheyniga savdo-sotiq moliyasi va ta’minot zanjiri boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritadigan XDC Network blokcheyni misol bo‘la oladi. Blokcheyn texnologiyasi qaysi sohaga shaffoflik ta’minlash kerak bo‘lsa, shu sohani rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Blokcheyn moliya, ta’minot zanjiri, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarda inqilob yaratish potensialiga ega. Har bir blokcheyn turi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqchi bo‘lgan tashkilotlar o‘z ehtiyojlari va maqsadlariga qarab eng mos turni tanlashlari muhim. Kelajakda, blokcheyn texnologiyasi rivojlanishi bilan uning yangi turlari paydo bo‘lishi kutilmoqda, bu esa blokcheynning qo‘llanilish sohalarini yanada kengaytiradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi

    MicroStrategy 600 million dollarlik Bitcoin sotib olmoqchi MicroStrategy ​ 05/03/24, 11:30 Foto: Reuters BTC ning eng yirik institutsional egasi MicroStrategy ko‘proq Bitcoin sotib olish dasturi doirasida 600 million dollar yig‘ishga tayyorlanmoqda. Kompaniya bu xabarni 4-mart kuni bergan bayonotida tasdiqlab, mablag‘lar yuqori konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar ko‘rinishida chiqarilishini e’lon qilgan. MicroStrategy kompaniyasi obligatsiyalarni sotishdan tushgan sof tushumdan umumiy korporativ maqsadlarda ko‘proq bitcoin sotib olish uchun foydalanishni rejalashtirayotganini aytdi. BitcoinTreasuries ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya hozirda joriy narxlarda 13 milliard dollarga teng 193 000 BTCga ega. Ma’lumot uchun MicroStrategy aksiyalari bir oy ichida 172 foizga oshdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Ault Alliance yanvar oyida qancha Bitcoin ishlab chiqarganini e’lon qildi

    Ault Alliance yanvar oyida qancha Bitcoin ishlab chiqarganini e’lon qildi #mayning ​ 05/02/24, 14:09 Foto: koinbulteni Ault Alliance kompaniyasi 2024-yil yanvar oyida taxminan 121 dona Bitcoin ishlab chiqarganini e’lon qildi. Kompaniya ishlab chiqarishni ikki joyda olib borgan. Taxminan 65 dona Bitcoin Sentinumning Michigandagi ma’lumotlar markazida, qolgan qismini esa Core Scientific kompaniyasidagi mashinalarda ishlab chiqarilgan. Kompaniya o‘zining yillik Bitcoin ishlab chiqarish tezligini taxminan 62 million dollarga teng ekanligini ma’lum qilgan. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi

    Gigant kriptovalyuta birjasidagi mablag‘larning barchasi kutilmaganda nol dollarga tushib qoldi Coinbase ​ 29/02/24, 10:19 Foto: Geek Metaverse Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan biri hisoblangan Coinbase’da yuzaga kelgan texnik muammo foydalanuvchilar orasida xavotir uyg‘otdi. Qisqa muddatli texnik muammo tufayli foydalanuvchilarning balansi 0 dollar bo‘lib ko‘rindi. Coinbase bosh direktori Brayan Armstrongning bayonotiga ko‘ra, muammo birja foydalanuvchilari trafigining ortishi bilan bog‘liq. “Biz tirbandlikni 10 baravar oshirishni modellashtirdik va birjada tushishi mumkin bo‘lgan yukni sinab ko‘rdik. Sinov muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biz avtomatik masshtablash yechimlari va to‘siqlarni bartaraf etish ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak", degan Armstrong. Hozirda birjadagi muammo bartaraf etilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar platformada xarid qilishda, sotishda va o‘z hisoblariga kirishda ma’lum vaqt qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Uniswap nima?

    Uniswap nima? Maxsus rukn 2 min read 13/10/23, 06:07 Foto: Freepik Uniswap - bu ochiq kriptovalyuta birjasi bo'lib, an'anaviy buyurtma modelidan foydalanmasdan Ethereum (ETH) va ERC-20 tokenlarini xavfsiz almashish imkonini beradi. Uniswap tokenlarni smart kontraktlarga birlashtiradi va likvidlik pullarini yaratadi. Platforma ishtirokchilari aktivlarni almashishlari, yangi savdo juftliklarini yaratishlari va komissiya olish uchun bazaga tokenlar qoʻshishlari mumkin. Uniswap qanday yaratilgan? Uniswap protokoli dasturchi Hayden Adams tomonidan yaratilgan. 2018-yil avgust oyida Adams konsepsiyani amalga oshirish uchun Ethereum fondidan 100 000 dollar grant oladi. Adamsga Uniswapni yaratishda Microsoft va Google dasturchilari yordam beradi. 2018 yil mart oyiga kelib, ishlab chiqaruvchilar Uniswapning demo versiyasini taqdim etishdi. 2018-yil 2-noyabrda protokolning to‘liq versiyasi ishga tushirildi. Adams Uniswapni taqdim etar ekan, uning hech qanday markaziy token yoki platforma toʻlovi yoʻqligi, smart kontraktning barcha funksiyalari ochiqligini sanab o`tdi. Uniswap qanday ishlaydi? Uniswap protokoli har qanday foydalanuvchiga Ethereum blokcheynida bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo qilish imkonini beruvchi bir qator aqlli shartnomalarni o'z ichiga oladi. Texnik jihatdan, bu markazlashmagan birja (DEX). Uniswap likvidlik provayderlari o'rtasida mukofotlarni taqsimlovchi ommaviy vositadir. Platforma ro'yxatdan o'tishni va KYC va AML protseduralaridan o'tishni talab qilmaydi. Har bir token o'zining aqlli shartnomasi va likvidlik bazasiga ega. Istalgan foydalanuvchi ushbu coin bilan savdo qilishi yoki pul mablag'larini likvidlik bazasiga kiritishi mumkin, bunda 0,3% komissiya olinadi. Uniswapda tokenlarni qanday almashish mumkin? Uniswap protokoli uniswap.org interfeysida mavjud. Siz unga MetaMask kabi Ethereum hamyonidan foydalanib ulanishingiz mumkin. Uniswap ochiq manbali aqlli kontrakt protokoli bo'lgani uchun bir nechta foydalanuvchi interfeyslari yaratilgan. Misol uchun, InstaDApp birja interfeysiga kirmasdan Uniswap pullariga mablag' qo'shish imkonini beradi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • PayPal Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif etadi.

    PayPal Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif etadi. Paypal 2 min read 02/11/23, 06:05 ​ Britaniyaning Moliyaviy nazorat idorasi (FCA) Pay Pal to'lov tizimiga ma'lum kripto xizmatlarini taklif va reklama qilishga ruxsat berdi. To'lov giganti Paypal buyuk Britaniyaning moliyaviy nazorat idorasida kripto xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tdi, deya xabar beradi regulyator veb-sayti. Seshanba kuni reestrga kiritilgan Paypal UK Limited kompaniyasiga "kripto aktivlari bilan muayyan faoliyat"bilan shug'ullanishga ruxsat berilgan. Buyuk Britaniyada kripto xizmatlarini taklif qiluvchi kompaniyalar ro'yxatdan o'tish uchun tasdiqlanishi va FCA qoidalariga rioya qilishlari kerak. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • O‘zbekiston o‘zining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin

    O‘zbekiston o‘zining kriptovalyutasini ishlab chiqarishi mumkin O‘zbekiston ​ 14/03/24, 10:52 Foto: avengernews BBC nashrining yozishicha , "Tether" va O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. "Tether" O‘zbekiston moliya tizimida "tezroq, xavfsizroq va arzonroq" pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun amaldagi to‘lov tizimini qayta ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonni mintaqadagi blokcheyn va telekommunikatsiya texnologiyalari markaziga aylantirish, hamda innovatsiya va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan. O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Stablecoin chiqaruvchi "Tether Limited" kompaniyasi O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlikka kelishib olganligi borasida avvalroq xabar bergan edik. Shuningdek, ikki taraf mamlakatdagi raqamli mulkni qonuniy tizimlashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga imzo chekkanlar. Ma'lumot uchun, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ( NAPP ), O‘zbekiston Respublikasidagi yagona regulyator . Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti hisoblanadi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • Xitoy: davlatning muhim ma’lumotlari kriptovalyutalar orqali chet elga sotilmoqda

    Xitoy: davlatning muhim ma’lumotlari kriptovalyutalar orqali chet elga sotilmoqda kriptovalyuta ​ 20/02/24, 10:21 Foto: tadviser Xitoy Milliy xavfsizlik vazirligi xorijdagi ba’zi xarita kompaniyalari kriptovalyuta evaziga Xitoy haqidagi geografik ma’lumotlarni noqonuniy ravishda sotib olganini e’lon qildi. Vazirlik, "Mamlakatdagi milliy xavfsizlikdan xabari bo‘lmagan ayrim fuqarolarimiz maxfiy xaritalarni etkazib berish orqali pul topishmoqda" deb qo‘shimcha qilgan. Rasmiylar, mahalliy axborot manbalariga ko‘ra, chet eldagi transport tarmoqlari, muhim infratuzilma va harbiy obyektlar haqida maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi milliy xavfsizlikka "jiddiy tahdid" ekanligini ogohlantirdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • 2023-yilda NAPP “Tartibga solish qumdoni” rejimining dastlabki uch ishtirokchisini ro‘yxatga oldi

    2023-yilda NAPP “Tartibga solish qumdoni” rejimining dastlabki uch ishtirokchisini ro‘yxatga oldi NFT 3 min read 08/01/24, 13:59 Foto: NAPP 2023 yilda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maxsus “Tartibga solish qumdoni” rejimining dastlabki uch ishtirokchisini ro‘yxatga oldi, deb yozmoqda agentlik matbuot xizmati. Birinchi ishtirokchi bu “.UZ” domen zonasidagi nomlar uchun maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi (“blokcheyn”) asosida NFT-sertifikatlarni joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zining tajriba-sinov loyihasi bilan “Yagona integrator – UZINFOCOM” MCHJ. Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 58 dan ortiq NFT sertifikatlari yaratilgan va chiqarilgan. Maxsus rejimning ikkinchi va uchinchi ishtirokchilari “Kriptokarta” va “CRYPTO CARD-UzNEX” bank kartalari mahsulotini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tajriba loyihalari bilan “Kapitalbank” ATB va “Oktobank” AJ. 2023 yil davomida “Cryptocard” va “CRYPTO CARD-UzNEX” bank kartalari mahsulotini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar doirasida 90 dan ortiq bank kartalari muomalaga chiqarilib, ular bo‘yicha naqd pul aylanmasi 6 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etdi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • MakerDAO nima?

    MakerDAO nima? Maxsus rukn 2 min read 13/10/23, 05:48 Foto: Freepik MakerDAO - bu Ethereumga asoslangan aqlli kontrakt platformasi bo'lib, u kriptoaktivlarga qarshi DAI stabilkoinlarini chiqarish imkonini beradi. DAI ekotizimning asosiy maqsadi ethereum blokcheynidagi birinchi stabilkoin orqali barqarorlikka erishish. MakerDAO qanday tashkil etilgan? MakerDAO - bu ikkita tokendan iborat ekotizim: DAI stablekoin va Maker utility token (MKR). DAI tokeni AQSh dollariga 1: 1 nisbatda bog'langan va turli raqamli aktivlar bilan ta'minlangan. Ushbu stabilkoinni chiqarish sxemasini oltin bilan bog'liq ravishda pullarni chiqarish bilan solishtirish mumkin. Farqi shundaki, qimmatbaho metallar o‘rniga kriptovalyutalar qo‘llaniladi: foydalanuvchi tokenni chiqaradigan aqlli shartnomaga ma’lum miqdorda ETH yoki boshqa tokenlarni yuboradi, tizim Vaults deb ataladi. Agar garov qiymati ma'lum bir qarz qiymatidan pastga tushsa, kim oshdi savdosi boshlanadi, unda tugatuvchilar deb nomlanuvchi tarmoq a'zolari DAI uchun garovni sotib oladilar. Shundan so'ng, tizim emissiyani kamaytiradigan qabul qilingan stabilkoinlarni yoqib yuboradi. Ushbu mexanizm dollarga bog'lanishni ta'minlash uchun mo'ljallangan. Vaults foydalanuvchilari tokenlar ustidan nazoratni saqlab, avtomatik ravishda mukofot oladilar. DSR aqlli shartnomasida pul mablag'larini olish va depozitga qo'yish bo'yicha cheklov yo'q. Narx MKR tokenlari egalari tomonidan zanjirdagi boshqaruv tizimi orqali o'rnatiladi va sozlanadi. DSR - bu DAIga bo'lgan talabga ta'sir qiluvchi yuqoriga yoki pastga tushishi mumkin bo'lgan global parametr. Barqarorlik to'lovi Barqarorlik toʻlovi qoʻshimcha toʻlov boʻlib, u doimiy ravishda Vaults yordamida DAI egalaridan olinadi. Stabillashtirish to'lovining bir qismi Maker Protokolning ishlashini ta'minlashga, shu jumladan DSR, Risk Teams va boshqa mexanizmlarni boshqarish xarajatlarini qoplashga ketadi. Barqarorlik to'lovlari Maker Protokolining ichki balansida to'planadi. Maksimal likvidatsiya balansiga erishilgandan so'ng, tizim avtomatik ravishda DAIni qoldiq auksionga yuboradi. Kim oshdi savdosi chog'ida qo'riqchilar DAI uchun MKRda yuqoriroq narx taklif qilishadi. Auksion g'olibi stablekoinlarni oladi va ularga to'langan MKR yoqib yuboriladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

  • XRP va SEC o'rtasidagi sud ishi qanday yakunlandi?

    XRP va SEC o'rtasidagi sud ishi qanday yakunlandi? #SEC #ripple ​ 15/08/24, 06:41 Foto: Bitcoinist.com Ripple Labs kompaniyasi va AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) o'rtasidagi uzoq sudlashuv nihoyat yakuniga yetdi. Nyu-York janubiy okrug sudi sudyasi Analisa Torresning qarori kripto-aktivlar sohasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Nima uchun SEC va Ripple sudlashishdi? AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi Ripple kompaniyasining XRP tokeni ro'yxatdan o'tmagan qimmatli qog'oz ekanligini da'vo qildi. Shuningdek, SEC Ripple 1,3 milliard dollar qiymatidagi XRP tokenini noqonuniy ravishda sotganligi uchun jarima sifatida 2 milliard dollar to'lashi kerakligini ta'kidladi. Ripple esa XRP tokeni shunchaki raqamli valyuta ekanini va birjalarda sotilishi qonuniy bo'lganligini ma'lum qildi. Sudya Analisa Torres qanday qarorga keldi? Sud ikki tomon da'volarini sinchkovlik bilan o'rganib chiqib, ikkala tomon ham o'z pozitsiyalarida qisman haq ekanligini e'tirof etdi. Eng muhimi, sud birjalarda sotilayotgan XRP tokenini qimmatli qog'oz emas, deb topdi. Bu Ripple va butun kripto sohasi uchun katta g'alaba bo'ldi. Ammo sud yirik investorlarga to'g'ridan-to'g'ri sotilgan XRP ni qimmatli qog'oz deb hisoblab, ro'yxatga olinmagan qimmatli qog'ozlarni sotganligi uchun Ripple 125 million dollar jarima to'lashi to'g'risida qaror chiqardi. Bu SEC da'vo qilgan 2 milliard dollar jarimadan sezilarli darajada kam. Ushbu qarordan so'ng XRP tokeni bir kun ichida 18 foizgacha o'sib, keskin reaksiya ko'rsatdi. Sud qarori qanday ahamiyatga ega? SEC va XRP sud ishidan guvoh bo'lishimiz mumkinki, barcha raqamli aktivlar ham qimmatli qog'oz emasligini aniqlashtirdi. Bu kripto-aktivlar maqomini belgilashda muhim aniqlik kiritadi. Shuningdek, SEC va XRP sud ishi bo'yicha sudyaning qarori kripto-aktivlar sohasida kelajakdagi shu kabi nizolarni hal qilishda sud pretsedenti sifatida xizmat qiladi. Ulashish: Facebook X (Twitter) WhatsApp LinkedIn Pinterest Copy link O'xshash yangiliklar

Qidiruv natijalari

bottom of page