top of page

O‘zbekistonda qonuniy kripto-aktivlar faoliyatini olib borish mumkinmi?

O‘zbekiston

27/02/24, 07:14

Foto: playground.ru

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat -protsessual kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi ‘’ 899-sonli qonun ushbu yil 19-yanvar sanasida qabul qilinib, 3 oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangandi.


O‘zbekistonda kripto operatsiyalarni amalga oshiruvchi traderlarning xavotiriga sabab bo‘lgan ushbu qonun litsenziya olmagan xizmat provayderlaridan foydalanish uchun javobgarlik belgilaydi. Ushbu qonun orqali Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksga hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi.


Kripto operatsiyalarni amalga oshirishda xizmat provayderlariga quyidagilar kiradi:


  1. Kripto-do‘kon;

  2. Kripto birja;

  3. kripto depozitariy.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 3150-sonli qaroriga ko‘ra;


Istiqbolli loyihalar milliy agentligi  kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.


Kripto operatsiyalarni litsenziya olmagan xizmat provayderlari orqali amalga oshirish uchun javobgarlik belgilanib, ushbu qonun 19-aprel va undan keyin bo‘ladigan munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishini aytib o‘tgan edik.


O‘zbekiston fuqarolari faqatgina Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan litsenziyaga ega bo‘lgan xizmat provayderlari - kripto do‘kon, kripto birja va kripto depozetariylar orqali kripto operatsiyalarni amalga oshirishlari shart.


Hozirgi kungacha litsenziyaga ega bo‘lgan kripto birjalar;


‘’Uznex’’ birjasi (‘’Kobeo Group’’ MCHJ qarashli) ilovasi va sayti orqali kripto operatsiyalarni amalga oshirish qonuniy hisoblanadi.


‘’Kobeo Group’’ MCHJ xorijiy korxonasi #0001 sonli  litsenziyani 28.08.2022 sanasida qo‘lga kiritgan.


‘’COINPAY’’ MChJ tomindan kripto-birja sifatida litsenziyalarga ega. Lekin, ushbu kompaniya hozirgacha ilova yoki saytlarini ishlab chiqarishmagan bo‘lib, faqatgina kripto do‘kon sifatida offline xizmat ko‘rsatishadi.


Hozirga kungacha O‘zbekistonda 2 ta kompaniya kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun, 10 ta kompaniya kripto-do‘kon yuritish uchun, 2 ta kompaniya esa kripto-depozetariy sifatida litsenziyaga ega. Mayning faoliyati uchun hech bir tashkilot litsenziyaga ega emas.


Kripto do‘kon sifatida litsenziyaga ega ‘’CRYPTO TRADE NET’’, ‘’CRYPTO MARKET’’ ‘’CRYPTO EXPRESS’’ ‘’COINPAY’’ ‘’C-BASE’’ ‘’PAYNET CRYPTO‘’ ‘’CRYPTOCORP’’ ‘’C-CASH’’ ‘’T-FIRM’’ ‘’T-REX’’ kabi kripto-do‘kon kompaniyalari qonuniy faoliyat olib borishmoqda.


Demak, O‘zbeskitonda qonuniy kripto-operatsiyalrni amalga oshirishda ‘’Uznex’’ birjasining sayti yoki ilovasi orqali, shuningdek, offline tarzda yuqoridagi kripto-do‘konlarga borib kripto-aktivlarni sotib olish mumkin.


899-sonli qonun orqali Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik kodekslarida kiritilgan javobgarlik 19-aprel sanasidan kuchga kiradi. Ushbu vaqtga qadar boshqa markazlashgan Binance, OXS, Bybit kabikripto birjalar Istiqbolli loyihalar milliy agentligidan (NAPP) litsenziya olmasa, ushbu ilovalardan foydalanuvchilar  ham, litsenziya olmagan holda O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatayotgan kripto birjalar ham  javobgarlikka tortilishadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page